Yahudiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yahudiylar (oʻzlarini yegudim, idn deb atashadi) — xalq. Umumiy soni 13,62 mln. kishi, jumladan, AQSH da 6 mln. kishiga yaqin, Isroilda 4 mln, RF da 551 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Ya.ning aksariyati qaysi mamlakatda yashasa, oʻsha mamlakat tilida soʻzlashadi. Ya.ning bir qismi ivrit, idish tili va qoʻshni xalqlar (ispan, arab, fors va boshqalar)ning birmuncha oʻzgartirilgan lahjalarida soʻzlashadi (q. Yahudiy tili). Chunonchi, mas, Oʻrta Osiyo Ya.i tojik tilida, gruzin Ya.i gruzin tilida, Dogʻiston Ya.i tot tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, iudaistlar. Ya. diasporasida ularni ashkenazi va sefardlarga ajratish udum boʻlgan (Ya.ning madaniyati, iqtisodi haqida q. [[Isroil).