Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir

Islom
Mosque02.svg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligi Tavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Iymon
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmar
UsmonAli
Sahobalar
Ahli bayt
Islom paygʻambarlari

Muqaddas Matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
İslom Portalı


Unbalanced scales.png Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring.

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang.

Muhammad ibn Abdulloh(arabcha محمد; Makka — 632, Madina) Islom dining asoschisidir. Musulmonlar tomonidan oxirgi payg'ambar va Alloh tomonidan vahiy orqali joʻnatilgan kitob Qur'onni odamlarga yetkazgan shaxs sifatida koʻriladi.

Mundarija

[tahrir] Ulugʻ Nasab

Insonlarning orasida boʻlishlik bilan sharaflantirgan Sayyidul Akrom Muhammad ibni Abdulloh. Otasi Abdulloh, onasi Omina edi. Omina Quraysh qabilasi Zuhra jamoasiga mansub Vahibning qizi; Abdullohning otasi Abdulmuttalib Quraysh qabilasining moʻtabar oqsoqollaridan boʻlib, qabiladoshlarining boshiga mushkul ish tushganda yoʻl-yoʻriq koʻrsatar, katta ishlarda odamlar hamisha uni orqasidan borishar edi. Onasi Fotima maxzum jamoasiga mansub Umarning qizi edi.

Abdulmuttalibning otasi Hoshim, onasi Salmo boʻlib, u Hazraj qabilasi, Najjor jamoasiga mansub Amrning qizi edi; Hoshimning otasi Abdumanaf, onasi esa Otika edi. Otika Salmiy jamoasiga mansub Murraning qizi edi. Abdumanafning otasi Qusay, onasi Hubba boʻlib, u Huzoa jamoasiga mansub Hulaylning qizi edi. Johiliyat davrida Baytulloh hizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan taʼminlash, quraysh qabilasining maslahat yigʻinlarini ochish Qusayning qoʻlida edi. Bunday yigʻinlar uning uyida oʻtkazilar, janglarda tugʻ koʻtarish huquqi ham uning ixtiyorida edi. Qusay jon berish chogʻida bu vazifalarni oʻgʻli Abduddorga topshirdi. Lekin Abdumanafning avlodi amakisi Abduddorning bunday faxrli lavozimni egallashiga norozilik bildirishdi.

Ular oʻrtasidagi kelishmovchilik katta mojaroga aylanish xavfi tugʻilganda ikki tomonning oqil kishilari kengashib, Abdumanaf avlodiga Baytulloh ziyoratiga keluvchilarni zamzam suvi hamda ovqat bilan taʼminlash huquqini berdi. Bu ishga shariat ham ruxsat berdi. Bu vazifa hanuzgacha shu avlodning ilkida. Tugʻ qadash Abduddorning bir avlodidan ikkinchisiga oʻtaverdi. Faqat Islom dini dunyoga kelgach, bu vazifa xalifa ixtiyoriga oʻtib, hukmdor oʻzi munosib koʻrgan kishini tayin etadigan boʻldi. Maslahat kengashlari va farmon chiqarish huquqi ham xalifaga berildi.

Qusayning otasi Kilob, onasi Fotima yamanlik Azdushanua qabilasidan boʻlmish Saʼdning qizi edi. Kilobning otasi Murra, onasi Xind edi. Xind esa Fixr ibn Molik: jamoasiga mansub Sarirning qizi edi. Murraning otasi Kaʼb, onasi Vaxshiya Fixr jamoasidan boʻlmish Shaygbonning qizi edi. Koibning otasi Luay, onasi Moriya Quzoa qabilasiga mansub Kaʼbning qizi edi. Luayning otasi Gʻolib, onasi Xuzao jamoasiga mansub Amrning qizi Salmo edi. Gʻolibning otasi Fixr, onasi Xuzayl qabilasidan boʻlmish Saʼdning qizi Laylo edi. Koʻpgina rivoyatlarda Fixr Qurayshning oʻzi, qurayshlar fixrning avlodi dyeyiladi. Quraysh qabilasi oʻn ikki jamoadan iborat: Abdumanaf jamoasi, Abduddor ibn Qusay jamoasi, Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay jamoasi, Zuxra ibn Kilob jamoasi, Maxzum ibn Yakiza ibn Murra jamoasi, Taym ibn Murra jamoasi, Adiy ibn Kaʼb jamoasi, Saxm ibn Xusais ibn Amr ibn Kaʼb jamoasi, Omir ibn Luay jamoasi, Taym ibn Gʻolib jamoasi, Xoris ibn Fixr jamoasi, Muxarib ibn Fixr jamoasi.

Ulardan Makkada oʻtroqlashganlari soy qurayshlari, shaxar atrofiga joylashganlari esa sirtdagi qurayshlar dyeyiladi. Fixrning otasi Molik, onasi jurxumlik Xarsning qizi Jandala edi; Molikning otasi Nazr onasi Qays Aylonga mansub Advonning qizi Otika edi; Nazrning otasi Kinona, onasi Murr ibn Odning qizi Barra edi; Kinonaning otasi Xuzayma, onasi Qays Aylonga mansub Saʼdning qizi Avona edi; Xuzaymaning otasi Mudrika, onasi kuzoalik Aslamning qizi Salmo edi; Mudrikaning otasi Ilyos, onasi sharaf va obroʻda zarbulmasal bulgan Xindaf edi; Ilyosning otasi Muzar onasi Rabob Junda ibn Maʼdning qizi edi; Muzarning otasi Nizor, onasi Savda Akning qizi edi; Nizorning otasi Maʼd, onasi Muona jurxumlik Javshamning qizi edi, Maʼdning otasi esa Adnon edi.

Muhammad alayhis-salomning nasl-nasabi haqida; tadqiqotchi olimlar va muhaddislar shunday yakdil fikrga kelishgan, shuningdek ular Adnonning ajdodlarini sanash durust emas, deb hisoblashadi… Qisqasi, paygʻambar alayhis-salomning nasl-nasabi Ibrohim alayhis-salomning arablashib ketgan oʻgʻli Ismoil alayhissalomga borib tutashadi. Bundan koʻrinadiki, rasulullohning ajdodlari pok, mo’tabar va nufuzli kishilar boʻlgan. Paygʻambar boʻlishning eng zarur shartlaridan biri nasl-nasabning toza bo'lishligidir. Olloh taolo rasulullohning ajdodlarini johiliyat davridagi nopok ishlardan, buzuqliklardan, razolatdan o'z hifzu himoyasiga olib asragan.

[tahrir] Abdullohning Ominaga uylanishi

Abdulloh Abdulmuttalibning eng suyukli bolasi edi. U oʻn sakkiz yoshga kirganda otasi unga Vahobning qizi Ominani olib berdi. Vahob Abdumonofning oʻgʻli, Abdumonof Zuxraning oʻgʻli, Zuhra esa Kilobning oʻgʻli edi. Omina quraysh ayollari orasida nasl-nasab jixatdan eng zoti poklardan hisoblanardi. U Abdullohga turmushga chiqqach, paygʻambar alayhis salomga homilador boʻldi. Gumona endigina ikki oyga toʻlganda Abdulloh vafot etdi.

Adiy ibn Najjor avlodidan bulmish togalari uni Madinaga dafn etdilar. Abdulloh Shom (Suriya)ga, savdo-sotiw bilan borib kyelayotganida Madina shahrida qazo kildi. Ominaning oy kuni yetib, guzal axlok, ilm-maʼrifat va pokiza eʼtikod bilan olamni munavvar Etguvchi chakalok tugildi. Misrlik munajjim Maxmud Posho Muhammad alayhissalom rabiul avval (xijriyning uchinchi oyi)ning tukkizinchi kuni dushanba ertalab tugilganini, bu quvonchli hodisa melodiy 571-yil turtinchi oyning 21-kuniga, yaʼni fil voqeasining birinchi yiliga tugri kelishini aniklagan.

Muhammad sallollohi alayhi vasallam Bani Hoshim kuchasidagi Abutolib xonadonida dunyoga keldi, Abduraxmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qildi. Bu xushxabarni eshitgan Muhammadning buvasi chaqaloqqa Muhammad deya ism quydi. Ilgari arablarda bunday ot quyish rasm bulmagan edi. Avvalgi paygʻambarlarga nozil qilingan deb hisoblanuvchi Tavrot, Injil kabi kitoblarda bu ism zikr etilgan, Alloh usha kitoblar zikr kilingan narsani amalga oshirishni iroda kilib, Muhammadning ismini buvasining kungliga solgan.[manba kerak] Muhammadning enagasi Abdullohning churisi habash Ummu Ayman Baraka, ilk daf’a emizgan ayol esa amakisi Abulaxabning churisi Suvayba edi.

[tahrir] Emizish

Bola soglom va ziyrak boʻlib oʻsishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut ona topib emizish odati bor edi. Ular shaharda oʻsgan bola boʻshang, anqovrok boʻladi, deb hisoblashardi. Kunlarning birida Saʼd ibn Bakri qabilasidan bir guruh ayol emizadigan bola izlab shaxarga kyeladi. Muhammad alayhis-salomga sut ona boʻlish Abu Zuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abukabsha edi. Quraysh xalki paygʻambar alayhis-salomni masxaralab kulganda u kishini Abukabshaga mansub kilib, bu Abukabshaning oʻgli nukul osmondan gapiradi, dyeyishardi. Rasululloxni toʻrt yildan ortik vakt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yogilib turdi.

[tahrir] Rasulullohning koʻkragi yorilishi

Paygʻambar alayhis-salom Halimaning tarbiyasida yurgan vaktlarida inson akliga sigmaydigan goyat sirli xodisa yuz byeradi. Rasululloxning koʻkraklari yorilib, kora nukta — shayton vasvasasi olib tashlanadi. Bu vokyeadan koʻrkib kyetgan Halima u kishini onalariga eltib topshiradi va ularning esxonasini chikarib yuborgan xodisani shunday bayon etadi: "Bolalar bilan uyimizning orkasida oʻynab yurishgan edi, toʻsatdan oʻglim yugurib kirib, qurayshlik ukamni ok kiyimli ikki kishi ushlab olib yerga yotkizishdi, kyeyin kornini yorib, kamchi dastasi bilan ichini titkilashyapti, dyedi. Otasi ikkalamiz chikib karasak, uning rangida rang yoʻk. Bagrimizga bosib: «Nima boʻldi, oʻglim?» — dyeb soʻradik. U: «Ok kiyimli ikki kishi kyeldi-da, biri myeni koʻrsatib: „Shumi?“ — dyedi. Unisi bosh irgab tasdikladi. Kyeyin ikkovlashib yerga yotkizishdi. Koʻkragimni yorib, titkilay-titkilay bir nimani olib tashlashdi. Nimani olib tashlashganini bilmayman», — dyedi.

Shu kundan eʼtiboran paygʻambar alayhis-salom insonni yoʻldan ozdiradigan shaytoniy xoyu-xavaslardan xalos boʻldilar.

Rasulullohning Omina vafotidan kyeyin Abdulmuttalibning qoʻlida, u kishining vafotidan kyeyin esa Abutolibning ilkida qolishlari

Onasi oʻglini Halimadan qaytarib olgach, Adi ibn najjor avlodiga mansub erining togalarini yoʻklab Madinaga yoʻl oldi. Ziyoratdan kaytib kyelayotganda Makka bilan Madina oraligidagi Abvo dyegan kyentda toʻsatdan vafot etdi. Rasululloxni buvalari Abdulmuttalib oʻz tarbiyasiga oldi, Ummu Ayman parvarish kildi. Abdulmuttalib nyevarasini xaddan tashkari yaxshi koʻrar, uning istikboliga, kyelajakda ulug odam boʻlishiga umid boglagani uchun yer-koʻkka ishonmas edi. Paygʻambar alayhis-salom sakkiz yoshga kirganlarida buvalari olamdan oʻtdi. Yetim bolani amakilari Abutolib oʻz karamogiga oldi va chinakam otalik myexri bilan suyub, xomiylik kildi. U koʻl uchida kun kyechiradigan kambagal odam edi.

Shundan kyeyim Ollox u kishining arzimas mol-dunyosiga baraka byerdi. Amakilarining karamogida yurgan paytlarida paygʻambar alayhis-salom sabr-kanoati, odatda yosh bolalar byerilib oʻynaydigan maʼnosiz oʻyinlarga ragbati yoʻkligi bilan aloxida ajralib turardilar. Enagalari Ummu Aymanning rivoyat kilishicha, ovqat mahali boshqa bolalar talashib-tortishib yeyishsa ham, rasululloh odob saklar, tyekkan ulushiga qanoat qilar ekanlar.

[tahrir] Rasulullohning Shomga kilgan ilk safarlari

Paygʻambar alayhis-salom oʻn ikki yoshga kirganlarida amakilari Shomga safarga otlandi. Eng yakin kishisidan ayrilish rasulullohga kattik taʼsir kilib, maʼyuslanib kolgandilar. Bundan yuragi ezilgan Abutolib bolani birga olib kyetishga jazm etdi. Ular Shomda uzok turishmadi. Orkaga kaytishayotganda Suriya bilan Arabiston sarxadiga joylashgan Busro kyentiga qoʻnib, yahudiylarning ulamolaridan biri rohib Baxoyro bilan uchrashishdi. Baxoyro yaxudiylarning mukaddas kitobida zikr etilgan, shu zamonda arablar orasidan chikadigan paygʻambar haqida soʻrab-surishtirdi. Karvondagilar bir ovozdan xali unday zot dunyoga kyelmaganini aytishdi.

Yahudiy va nasorolar Muhammad alayhis-salomning dunyoga kyelishlarini, arablardan paygʻambar yetishib chiqishi mumkinligini jon-jahdlari bilan rad etishardi. «Ular avval eʼtirof qilgan paygʻambar dunyoga kyelganda uni inkor etishdi. Olloh kofirlarni rahmatidan darigʻ tutadi» (Baqara surasi, 89-oyatning bir qismi).

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda