Quloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quloq — odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi; eshitish analizatorining periferik qismi. Tashqi, oʻrta va ichki Q. farq qilinadi. Tashqi Q.qa quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli kiradi. Q. suprasi usti teri bilan qoplangan elastik togʻaydan tuzilgan. Supraning pastki yumshoq qismida togʻay boʻlmaydi. Tashqi eshituv yoʻli ancha keng boʻlib, uz. 30—35 mm. oʻrta qismi toraygan (boʻyin). Tashqi eshitish kana-lini qoplagan teri sertuk boʻlib. yog bezlari oltingugurtga boy molla (sera) ishlab chiqaradi. Q. sarigʻi deb shunga aytiladi. u himoya vazifasini bajaradi; odatda u qatqaloqqa aylanadi va chainash, gapirish paitida oʻz-oʻzidan tashqariga ajralib chiqadi. Q. sarigʻi koʻp ishlansa, sera tiqini (probkasi)ni hosil qilib, tashqi eshituv yoʻlini bekitib qoʻyadi. Bu yoʻlning old devori pastki jagʻ boʻgʻimi bilan chegaradosh, shuning uchun uning yalligʻlanish kasalliklarida ogʻiz ochilsa, Q.da ogʻriq paydo boʻladi. Tashqi eshituv yoʻliga pastda Q. oldi bezi tegib turadi. Oʻrta Q. nogʻora boʻshligʻi (ichi havo bilan toʻla), eshituv suyakchalari (bolgʻacha, sandon, uzangi) va halqum (yutqin) bilan tutashgan Yevstaxiy nayiyaan tashkil topgan, u oʻrta Q. boʻshligʻidagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish vazi-fasini bajaradi. Oʻrta Q.ning tashqi devori — Q. pardasi yupqa, ammo pi-shiqplastinkadan iborat. Kishi yutinganda Yevstaxiy nayi ochilib, havo burun-halqumdan oʻrta Q.qa oʻtadi. nogʻora boʻshligʻining devori bosh miya, yirik qon tomir va yuz nerviga yaqin joylashgan. Oʻrta Q.dan ichkarida spiral shaklidagi va tashqi koʻrinishi chigʻanoqqa (eshitish organi) oʻxshash, yarim halqasimon kanallar bor; ichki Q. chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan boʻlib, suyak va parda labirintdan iborat. Suyak labirint bilan parda labirint orasidagi boʻshliq perilimfa suyuqligʻi bilan toʻla. Ichki Q. vestibulyar apparat va chigʻanoq qismlari yordamida tovush tebranishi hamda gavda muvozanatining oʻzgarishini qabul qilish vazifasini bajaradi. chigʻanoq ichida sezgir eshituv hujayralari bor. Q. suprasi, tashqi eshituv yoʻli, q. pardasi va eshituv suyakchalari bu hujayralarga tovush toʻlqinla-,rini yetkazib berib, ularni taʼsirlaydi; taʼsirot sezgir eshituv hujayralarining oʻsigʻidan tashkil topgan eshituv nervi orqali bosh miya poʻstlogʻiga keladi; tovush asosan shu yerda analiz qilinadi va eshitish funksiyasi vujudga keladi. Tovush manbai qaysi Q.qa yaqin boʻlsa, shu Q. oldin va kuchli eshitadi, shunga qarab tovush manbaini aniqlash mumkin. muvozanat aʼzosi (vestibulyar apparat) yarim halqasimon kanallardan tashkil topgan; bular turli sathda joylashgan boʻlib, ichida endolimfa suyukligʻi bor. Kanallarning bir uchi ampula shaklida kengaygan; ampula va xaltachalar ichida nerv hujayralari joylashgan; ular fazoda tana oʻz holatini oʻzgartirganda va bosh tez harakat qilganda taʼsirlanadi. Vestibulyar apparat holati har kimda har xil. Ayrim kishilarning vestibulyar apparati tez qoʻzgʻaluvchan boʻladi, bunday kishilar avtomashinada uzoq yurolmaydi. Baʼzi kishilarda, shuningdek, maxsus mashklarni oʻtganlarda vestibulyar apparat hatto samolyot va kosmik kemada uchishdek kuchli taʼsirlarda ham sust qoʻzgʻaladi. Vestibulyar apparat koʻz soqqasini harakatlantiruvchi, yurak qisqarishi, terlash kabi funksiyalarni bajaruvchi nervlar bilan bogʻlangan.