Jihod
| Din asoslari |
| Allohning birligi Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
| Asosiy ibodatlar |
| Iymon Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
| Muhim Shaxslar |
| Muhammad Abu Bakr •Umar |
| Muqaddas Matnlar |
| Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
| Islomdagi mazhablar |
| Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
| Jamoat |
| Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
| İslom Portalı |
Jihod, gʻazovot (arab. — gʻayrat qilish, kuchni ishga solish) — islomda din yoʻlida kurash. Dastlab J. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Bu kurashga nisbatan Qurʼonda Muhammad (sav)ning Makka va Madinada kechgan hayot faoliyatining muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda turlicha koʻrsatmalar bor: 1) koʻpxudoliklar b-n mojaroga bormaslik va ularni oqillik va odob b-n haqiqiy dinga ogʻdirish; 2) islom dushmanlariga qarshi mudofaa urushi olib borish; 3) gʻayridinlarga hujum qilish, lekin muqaddas oylarda harbiy harakatlar olib bormaslik.
J.ning kelib chiqish tarixi 624 y. boshlarida yuz bergan voqea — musulmon askarining quraysh qabilasining kichik karvoniga rajab oyida (4 muqaddas oyning birida) xujum qilgani b-n bogʻliq. Mushrik — qurayshiylar shu omilga urgʻu berib, Muhammad (sav) va musulmonlarni butun Arabiston boʻylab yomon otliqqa chiqarishga, ularga qarshi katta ittifoq tuzishga harakat qildilar. Ayni shu kezlarda Qurʼonning bir necha oyatlari (Haj, 39; Baqara, 190; Niso, 75) nozil boʻldiki, islomda birinchi bor J.ga, yaʼni muayyan hollarda dushmanga qarshi kurash olib borishga izn (ruxsat) berildi. Yosh musulmon davlati (Madina) oʻz chegaralari daxlsizligini mudofaa qilish uchun kuch ishlatishga majbur edi. Shu tarzda ilk islomda J. Alloh yoʻliga, islom dinini yoyish maqsadiga butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish maʼnosini anglatib kelgan va faqat baʼzi hollarda harbiy kuch ishlatishni ham taqozo etgan. Shu maʼnoda J.ni "muqaddas urush" deb talqin qilish odat tusiga kirib qolgan.
9—10-a.lardan J. yangi mazmun b-n toʻldirildi: Alloh yoʻlida oʻzni takomillashtirish tushunchasi (yaʼni maʼnaviy J.)ga 4 J. — qilich J.i, qalb J.i, qoʻl J.i va til J.i haqidagi tasavvurlar qoʻshildi. Milliy ozodlik harakatlari davrida J. gʻoyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda foydalanildi. Umuman, hoz. zamon musulmon nazariyotchilari J.ni islomni tinch yoʻl b-n yoyish, uni tashqi tazyiqdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va gʻayratlarini safarbar etish vositasi deb taʼriflaydi. Moʻʼtadil islom (axl as-sunna val jamoa) tarafdorlarining eʼtiqodiga koʻra, kuch ishlatish — "kichik J.", har bir moʻmin musulmonning oʻz nafsi b-n kurashi va maʼnaviy barkamollik yoʻlidagi saʼy-harakati esa "buyuk J." hisoblanadi. Oyat va hadislarga koʻra, J. hech qachon biror musulmonga yoki musulmonlar yashaydigan yurtga qarshi eʼlon qilinmaydi.
Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda J. koʻproq "gʻazovot" nomi b-n maʼlum boʻlgan.
Ahadjon Hasanov.[1]
Jihod (boshqa tillarda Jihad, Jahad, Jihaad, Jiaad ham deb oqiladi) islom dini termini bolib (arab tilida: جهاد ) Sunniy mazhabda hech qanday rasmiy statusga ega bo`lmaganligiga qaramasdan ba`zan Islomiyatning oltinchi ustuni sifatida ko`riladi. Shia mazhabidagilar uchun Jihod() Islom dinining o`nta amallaridan biri bo`lib hisoblanadi.