Haj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom
Istanbul, Hagia Sophia, Allah.jpg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligi Tavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Iymon
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmar
UsmonAli
Sahobalar
Ahli bayt
Islom paygʻambarlari

Muqaddas Matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
İslom Portalı


Haj (arab. — ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri. H. qilish eshushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. H. qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakaat namoz oʻqiladi. H.da Kaʼba 7 marta tavof qilinadi. Ziyo-ratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7 marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zul-hijja oyining 9-kuni) H.ning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qila-dilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zul-hijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyo-rat qilish ham H. vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun H. arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli H. ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.

Hadisga koʻra, H. qilishning asosiy qoidalari Muhammad (sav) tomo-nidan 632 y. "Vidolashuv H.i" (Haj-jat alvadoʼ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari H. ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida bataf-sil ishlab chiqqanlar.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga H. amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991 y.da H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004 y.da bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi H. iboda-tini ado etdi (2005).



Unbalanced scales.png Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring.
Unbalanced scales.png Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring.

Bu ibodatlar bandaning gunoxlardan poklanishi uchun katta sinovdir. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Kim bu Uy (Baytullox)ga kelib, yomon so'zlarni so'zlamasa va fosiklik kilmasa, onasidan yangi tugilgan kunidagi kabi (uyiga) kaytadi» (Imom Muslim, 2/ 983; «Saxixut-Termiziy», 1/ 245).

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam Amr ibn Os raziyalloxu anxuga: «...Xajning xam o'zidan avvalgi narsa (gunox) larni yo'kotishini bilmaysanmi?!»- dedilar (Imom Muslim, 1/ 112).

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan: «Kaysi amal afzaldir?» deb so'ralganida:

- «Allox va rasuliga iymon keltirish».

- «Keyinchi?»

- «Allox yo'lidagi jixod».

- «Keyinchi?»

- «Mabrur (Allox tarafidan bekamu-ko'st kabul kilingan) xaj»- deb javob berganlari nakl kilingan (Fatxul-Boriy», 3/ 381).

Abdullox ibn Mas'ud raziyalloxu anxu dedi: «Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: «Umra va xaj kilishda davom etingiz! Chunki xaj ila umra boskon oltin va kumush ustidagi kirlarni ketkazganidek, fakirlik va gunoxlarni ketkazadi. Mabrur xajning jannatdan boshka mukofoti yo'kdir» (Nasoiy, Termiziy, ibn Mojja, imom Axmad va boshkalar rivoyat kildilar. Alboniy «Saxixu ibn Mojja» da saxix dedi, 2/553).

Abu Xurayra dedi: «Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: Alloxning karvoni uchtadir: Goziylar, xojilar va umra kiluvchilar»- dedilar» (Alloma Alboniy, «Saxixun-Nasoiy», 2/ 557; «Saxixul-Jome'», 6/108 da bu xadisni saxix degan).

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: «Allox yo'lida jixodga chikkan, xaj va umra kilgan odamlar Alloxning karvonidirlar. Allox ularni chakirdi va ular chakirikka itoat kilib keldilar. Ular xam Undan tiladilar va U xam ularning tilaklarini berdi» (Ibn Xibbon, ibn Mojja va boshkalar rivoyat kildilar. Alboniy «Saxixu ibn Mojja», 2/ 149 va «al-Axadisus-Saxixa», 4/ 433 da bu xadisni saxix dedi).

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: «Alloxning Arafa kunidagi kabi jaxannamdan kullarini ozod kiladigan boshka bir kun yo'kdir. U kunda Allox juda xam yakin keladi va xoji kullarini farishtalarga maktaydi va: «Ular (duo kilib) nimalarni tiladilar?»- deydi» (Imom Muslim rivoyati, 2/983).

Xaj axkomlari[tahrir]

Hojilar ziyoart mahalida Kaʼba atrofida aylanishmoqda

Xaj – Allox ta'oloning Kitobi, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamning sunnati va ummatning ijmo'si bilan farz bo'lgan ibodatdir.

Allox ta'olo Kur'on Karimda dedi:

«... Ka'bani xaj (kasd) kilish, yo'liga kodir bo'lgan odamlar zimmasidagi Alloxning xakkidir...» (Oli Imron: 97).

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar:

«Islom besh narsa asosiga kurilgan: ... xaj kilish» (Imom Buxoriy rivoyati, «Fatxul-Boriy», 1/49; Imom Muslim rivoyati: 1/45).

Oisha raziyalloxu anxo: «Ey, Alloxning rasuli, xotin-kizlarga xam jixod bormi?»- deb bergan savollariga rasulullox solalloxu alayxi va sallam: «Xa, ularga urushi bo'lmagan jixod bor. U – xaj va umradir» - deb javob berdilar (Ibn Mojja va imom Axmad rivoyatlari: «al-Musnad, 6/156. Alboniy bu xadisni «Saxixu ibn Mojja» kitobida saxix dedi 2/151).

Islom ummati xajning shar'iy ibodat ekaniga ijmo' kilgan.

Xajning shartlari Xaj va umra besh shartga ega bo'lgan odamlar uchun xayotlari davomida bir marta farzdir.

Birinchi shart: Musulmonlik.[tahrir]

Chunki Allox ta'olo: «Mushriklar najasdirlar va bu yildan so'ngra Masjidul-Xaromga yakinlashmasinlar»- deb amr kilgandir (Tavba: 28).

Abu Xurayra raziyalloxu anxu dedi: «Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam Abu Bakr raziyalloxu anxuni amir kilib xaj kilish uchun yuborgan gurux ichida meni: «Bu yildan so'ngra xech bir mushrik xaj kila olmas va Baytulloxni yalangoch odam tavof eta olmas!»- deb e'lon kilishim uchun yubordilar» («Fatxul-Boriy», 3/483; Imom Muslim rivoyati, 2/982; Navaviy sharxi, 9/115).

Ikkinchi shart: Aklli bo'lish.[tahrir]

Boshka ibodatlarda bo'lgani kabi xajda xam, bandaning aklli bo'lishi shart kilinadi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: «Kalam uch kishidan ko'tarilgan (ya'ni ularga gunox yo'kdir): akli ketgan aklsiz xushiga kelguniga kadar, uxlagan uygongunicha va bola balogat yoshiga etguniga kadar» («Sunan» mualliflari va imom Axmad rivoyat kildilar. Alboniy bu xadisni saxix dedi. «Irvaul-Galil», 3/3-7).

Uchunchi shart: Balogat yoshiga etish.[tahrir]

Balogat yoshiga etmagan bolalarga xaj kilish farz emasdir. Birok, xaj kilsalar ota-onalariga savob yoziladi. Bir xotin bolasini ko'tarib, rasululllox sollalloxu alayxi va sallamga karata: «Buning xaji xaj bo'ladimi?»- deb savol berganida, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Xa, sen uchun xam savob bo'ladi»- deb javob berdilar («Fatxul-Boriy», 4/71, Imom Muslim: 2/974).

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: «Biron bir bola xaj kilsa, balogat yoshiga etganidan so'ng xaj kilishi farzdir. Biron bir kul xaj kilsa, ozodlikka (erishib, xur bo'lganidan so'ngra) xaj kilishi farzdir» (Fatxul-Boriy»: 4/71; «Irvaul-Galil»: 4/156).

To'rtinchi shart: To'la erkinlik.[tahrir]

Kul va cho'rining xaj kilish farz emasdir. Xaj kilsa, xaji durustdir, ammo farz ibodat o'rniga o'tmas. Yukoridagi xadis bunga dalildir.

Beshinchi shart: Imkonli bo'lish.[tahrir]

Xaj, xaj kilinadigan makonlarga borish imkoni bo'lgan kishilar uchungina farzdir. Yo'llari osuda, xaj kilishga etarli molu-mulki bo'lmagan odamlarga xaj kilishlari farz emasdir.

Xotin-kizlar uchun aloxida bitta shart bordir. U – maxramlarining bo'lishidir. Maxramlari – ularning otalari, aka-ukalari, togalari, amakilari, o'gillari, erkak nabiralari, umr yo'ldoshlaridir. Bu shart, odamlar bilan bir gurux ichida borib-kelishlariga karamay, garchi ular o'rtasida xotin-kizlar ko'p bo'lsa xam, sokit bo'lmaydi.

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: «Xech bir erkak xotin-kizlar bilan, ularning maxramlari bo'lmasa, safarga chikmasin. Xotin-kiz fakatgina maxrami bilangina safar kiladilar» («Fatxul-Boriy», 6/143; Imom muslim rivoyati, 3/978).

Shuni xam eslatishimiz kerakki, agar xotin-kizlar maxramsiz xaj kilsalar, xajlari farz xaj o'rniga o'tadi. Birok, bu xotin-kizlar maxramsiz xaj kilganlari uchun gunoxkor bo'ladilar.

Mazkur besh shartni o'zida ko'rgan xar bir odam, vaktni boy bermay xaj kilishga shoshilishi kerak. Chunki rasulullox sollalloxu alayxi va sallam farz bo'lgan xajni kasd etib: «Xaj kilish uchun shoshilingiz! Chunki sizlarning xech biringiz nimalarga duch kelishingizni bilmaysiz»- dedilar (Imom Axmad rivoyati, 1/14, Alboniy, «Irvaul-Galil», 4/168; «Saxixu Abi Dovud», 1/325; «Saxixu ibn Mojja», 2/147).

Umar raziyalloxu anxudan nakl kilinadi. U zot dedilar: «Shu o'lkalarga ba'zi odamlarni yuborsam va ular imkoni bo'la turib xaj kilmayotgan kimsalarni aniklab, ularga jizya-solik belgilashlarini o'ylab turibman. Unday odamlar musulmon emaslar, ular musulmon emaslar» (Ibn Xajar, «at-Talxisul-Xabir», 2/223).

U zotdan kuyidagi xabar xam nakl kilingan: «Imkoni bor, yo'llari xavfsiz va to'la xurriyat soxibi bo'la turib, xaj kilmagan odam, xoxlasa yaxudiy, xoxlasa nasroniy bo'lib o'lsin!» (Bayxakiy, «as-Sunan al-Kubro, 4/334; Ibn Xajar, «at-Talxisul-Xabir», 2/223).

Xaj kilish uchun vakolat berish[tahrir]

Kasalligi, o'ta kariligi yoki boshka bir sabab bilan o'zi xaj kila olmaydigan odamlarning xaj kilish vakolatini boshkalarga berishlari mumkin. Xajjatul-vado'da otasining o'ta kariligi sababli xaj kila olmaganini eslatgan va uning nomidan xaj kilishni xoxlagan bir ayolga rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Uning o'rniga xaj kil!», degan edilar (Imom Muslim rivoyati, 2/974).

Vakolat bilan xaj kiladigan odam, Alloxdan ko'rkkan xamda xaj va umra axkomlarini yaxshi bilgan bo'lishi kerak. Bundan tashkari, u, xaj vakolatini bergan odamning majburiyatini ado etayotganini to'la xis etishi kerak.