Madina (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Madina
Mamlakat Saudiya Arabistoni
Mavqeʼ shahar
Koordinatalari 24°28′N 39°36′E / 24.467°N 39.600°E / 24.467; 39.600Koordinatalari: 24°28′N 39°36′E / 24.467°N 39.600°E / 24.467; 39.600
Maydoni 589 km²
Markazi balandligi 608 m
Rasmiy tili arab
Aholisi 1 102 128 
Konfessiyaviy tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+3

Error: No valid link was found at the end of line 2.

<div style="font-size:88%;line-height:1.2em;position:absolute;z-index:2;left:Expression error: Unrecognized word "strong".%;top:Expression error: Unrecognized punctuation character "}".%">
Madina

Madina (arab, nomi — Madinat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi — paygʻambar shahri) — Saudiya Arabistonidagi shahar, mamlakatning gʻarbiy qismida, Hijoz viloyatida, Qizil dengizdan 250 km sharqdagi vohada joylashgan. Aholisi 750 ming kishiga yaqin (2002). Shaharga asos solingan vaqt maʼlum emas. Shahar Madinai-Munavvara — Nurafshon shahar, al-Islom, Qalb al-Islom, Dor al-Islom, Dor as-Sunna kabi 95 dan ortiq nom bilan ulugʻlanadi. Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. Ptolemey oʻz "Geografiya"sida bu shaharni "Yatrippa", vizantiyalik Stefan esa "Yatrippa polis" deb bergan. Yasrib nomi bilan u Qurʼoni karimda ham qayd qilinadi. 622 y.da Yasribga Muhammad paygʻambar boshchiligida musulmonlar koʻchib oʻtdi. M.da musulmon davlatchiligiga asos solindi va u birinchi poytaxt sifatida eʼtirof etildi. 7-a.dan boshlab M. musulmonlarning Makkayaan keyingi eng katta ziyoratgohi. 632—661-y.

lar M. — Roshidiyn xalifalar davlati deb nom olgan mamlakatning poytaxti. Umaviylar va Abbosiylar davrida Hijozning maʼmuriy markazi. 10-a.dan Misrga tobe boʻlgan. Misr turklar tasarrufiga oʻtgach (1517), Usmonli turk saltanati, keyinroq Hijoz podsholigiga (1919) qoʻshib olingan. 1927 y. M.ni Ibn Saʼud qoʻshinlari zabt etdi, 1932 y.dan Saudiya Arabistoni tarkibida.

Asrlar davomida M. oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qurʼoni karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va b.) M.da nozil boʻlgan. Shaharda Podshoh Fahdning Qurʼon chop etiladigan maxsus bosmaxona majmuasi bor. M. markazida Muhammad paygʻambar uyi oʻrniga Katta Masjid (656) qurilgan. Shahardagi suv minorasi diqqatga sazovor joy. Minoraning yuqori qismidagi maydondan shaharning aksariyat qismi koʻrinib turadi.

M. aholisi, asosan, ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat uchun zarur buyumlar (tasbeh, joynamoz, maxsus kiyimlar) i.ch. bilan shugʻullanadi, shahar chetida dehqonchilik va bogʻdorchilik mahsulotlari (xurmo va sabzavot) yetishtiriladi. M.da oʻquv muassasalaridan kollejlar, Madrasa va bilim yurtlari, Islom un-ti (1961) bor.

M. atrofida uchta aylanma yoʻl qurilgan, eng zamonaviy aloqa vositalari mavjud. Shahar avtomobil yoʻllari orqali Makka, Najaf (Iroq), Ammon (Iordaniya), Yanbo va Jidda sh.lari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz suvini chuchuklashtirib beruvchi inshoot qurilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Hasanov A. A., Makka va Madina tarixi, T., 1992; Inogʻomov S. R., Saudiya Arabistoni podshohligi, T., 1998.

Ahadjon Hasanov.[1]

Madina — (arab;(المدينة المنورة) shahar Saudiya Arabistonining Xijoz bodisida joylashgan. Asil ismi Yasrib edi Muhammad salolohu alayhi vasalam madinadan hijrat qilib kelgandan kegin nomi (ﺍﻟﻨﺒﻲمدينةyani payganbar shahri ) deb atala boshladi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil