Umar ibn Xattab
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umar ibn Xattab (arabcha: عمر بن الخطاب; o`qilishi: `Omar ibn al-Xattāb, 581-yil– 644-yil, 7-noyabr) - Islom dini payg`ambari Muhammadning yaqin safdoshlaridan biri, Arab xalifaligi davrida Abu Bakrdan so`ng ikkinchi xalifa(634-644-yillar). Shuningdek, Buyuk Umar(Omar) nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. "Xulafa ur-Rashidun"("To`g`ri yo`ldagi xalifalar") nomini olgan xalifalardan biri. Umar vafotidan keyin Usman ibn Affon xalifa etib tayinlandi.