Abu Bakr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir

Islom
Mosque02.svg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligi Tavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Iymon
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmar
UsmonAli
Sahobalar
Ahli bayt
Islom paygʻambarlari

Muqaddas Matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
İslom Portalı

Abu Bakr Siddiq (to`liq nomi - Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; 571-634) - Muhammad (S.A.V) da`vati bilan islomni birinchilardan bo`lib qabul qilgan, dastlabki to`rt xalifadan birinchisi (632-634). Muhammad (S.A.V)ning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyishaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulka`ba edi. Abdullo ismini Muhammad (S.A.V) qo`ygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va me`roj hodisasini eng birinchi bo`lib tasdiqlagan. Muhammad payg`ambar (S.A.V) unga Siddiq, ya`ni imoni kuchli deb laqab berdi. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad (S.A.V)ga hamroh, g`orda hamnishin bo`ldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdi. Abu Bakr Siddi obro`li va badavlat kishi bo`lgani uchun ko`r odamlarga yordam qildi, chuninchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad (S.A.V) vafotidan keyin birinchi xalifa bo`lib saylandi (632). Arab qabilalarining Madina qarshi ko`targan qo`zg`alonlarni bostirdi. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildi. Abu Bakr Siddiq Madinada vafot etdi va Muhammad (S.A.V) yoniga dafn qilindi.

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар