Yetim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yetim — 1) ota-onasi yoki ulardan biri oʻlgan bola. Xalq oʻrtasida otaonasi vafot qilib yolgʻiz qolgan bola "chin Ye.", onasi bilan qolgan bola "gul Ye.", otasi bilan qolgan bola "shum Ye.", ayrim hollarda otasi hamda onasi tomonidan tashlab ketilgan bolalar "tirik Ye." deb atalgan. Jahonda koʻpgina xalqlarda boʻlgani kabi, Oʻrta Osiyo xalqlarida ham bola Ye. qolgan boʻlsa, ularni qarindoshlari yoki hamqishloqmahalladoshlari oʻz qaramoqlariga olib tarbiyalaganlar (ular "asrandi bola" deb atalgan). Oʻzbekiston Respublikasi Ye. va karovsiz bolalar tarbiyasini oʻz otaligʻiga olgan, maxsus mehribonlik uylari, tarbiyaxona (internat)lar tashkil etilgan; 2) Turkiston oʻlkasida yoshligidan boy xoʻjaliklarga yollanib ishlovchi qarol, xizmatkor. Bunday Ye. chorvadorlarga bir yil, dehqonlarga 8—10 oy muddat bilan yollanar edi. Agar Ye. poda boksa, uning haqi 6—8 qoʻy, yozlik va qishlik kiyim, kundalik ovqat, dehqonchilik ishlarida esa 4—5 botmon gʻalla (yoki 120—150 tanga pul), yozlik kiyimdan iborat boʻlar edi. Shartlashilgan muddat tamom boʻlgach, Ye. haqini olib ketishi yoki yangi mud-datga yollanishi mumkin edi. Chorvaning yoʻqolishi yoki oʻlishi, tabiiy ofat natijasida yetgan zararni toʻlash Ye. gardaniga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil