Arabiston yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arabiston yarim oroliOsiyodagi eng yirik yarim orol; mayd. qariyb 3 mln.km², g‘arbda Qizil dengiz, jan.da Adan qo‘ltig‘i va Arabiston den-gizi, sharqda Ummon va Fors qo‘ltiqlari b-n o‘ralgan. A.ya.o. Afrika qalqonining bir qismi bo‘lgan; paleogen dav-ri oxi-ri va neogen davrida chuqur Qizil den-giz botig‘i orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim orol aso-san arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib top-gan. Bu jinslar A.ya.o.ning butun g‘arbiy qismida va qisman jan.da yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jin-slarning ustini mezozoy va kaynozoy-ning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Ne-ogen oxiri va to‘rtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazeimon ko‘tarilish natijasida A.ya.o.da g‘arbiy vajan. qirg‘oqhamda chekkadagi qirlar paydo bo‘lgan. Yoriqlardan vulkanlar ot-ilib chiqib, katta maydonni lava ("har-ra") qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy bal. 1000 m gacha bo‘lgan pastak vulkan qoldiqlari ko‘tarilib tu-radi. Shunday vulkan kra-terlaridan bi-rida Adan sh. joylashgan. A.ya.o.ning yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon tog‘lar bor. Ular-ning o‘rtacha bal. 1000 — 2000 m, jan.dagi eng baland Asir va Yaman tog‘lari 3600 m ga yetadi. Jan.-sharqida alp bosqichida burmalangan Ummon tog‘li o‘lkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 m. A.ya.o.ning g‘arbiy va jan. qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan kambar pastlik — Ti-xoma, shim. — Shimoliy Arabiston pla-tosi va Katta Nefud cho‘li, markazining kristall jinslardan iborat g‘arbiy qismi O‘rta Arabiston platosi deb ata-ladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat sharqiy qismi kuesta gryadalari-dir, katta maydonni band qilgan pastroq jan. qismi esa Rub ul-Xoliy qum cho‘li deyiladi. A.ya.o., ayniqsa uning sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. A.ya.o.da yana temir, rux, fosforit-apatit rudala-ri, oltin, oltingugurt, kaliy va osh tuz-lari konlari bor. A.ya.o. iqlimi quruq tropik iqlim. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi shimolda 7° bo‘lsa, jan.da 24°, iyunning o‘rtacha t-rasi hamma qismida 30° dan yuqori, maksimal t-ra 50°, 55°, mini-mal t-ra shim.da 11°, Adanda 16°. Yog‘in kam (100 mm), faqat Yamanda (750 mm) va Ummon tog‘larida (500 mm) ko‘proq. Oqar suvlar tog‘li yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq o‘zan — vodiy-lar uchraydi. Ba’zi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va toshloq cho‘llarda butunlay yo‘q yoxud hali 589ibtidoiy holda. A.ya.o.ning shim. qismi bo‘z tuproq b-n, jan. va jan.-sharqidagi tog‘li o‘lkalar qizil va qizil-qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlari b-n qoplangan. A.ya.o.da aso-san Afrika florasiga xos o‘simliklar o‘sadi, Hindiston va O‘rta dengiz atro-figa xos o‘simlik turlari ham uchraydi. Cho‘llarda o‘simlik siyrak, ular shuvoq, sho‘ra, astragal, kermak, yulg‘un kabi il-dizlari uzun, dag‘al o‘t yoki buta, yoxud da-raxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib o‘sadi. Tog‘larning sernam yon bag‘irlarida barg to‘kadigan o‘rmonlar uchraydi. Jan.-g‘arb va jan.-sharqda savanna tipidagi o‘simliklar o‘sadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa ko‘p. Hayvonlardan jayron, yovvoyi eshak, qo‘shoyoq, qumsichqonlar, sirtlon, bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, cho‘l parrandala-ri va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. A.ya.o.da BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Quvayt, Qatar, Ummon davlatlari, Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan (bu mamlakatlar tabiati haqida tegishli maqolalarga q.).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil