Kiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Kiyev
Київ
Flag of Київ
Bayroq
Official seal of Київ
Gerb
Kiew Zentrum.jpg
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Hukumat
 - mer Leonid Chernovetskyi
Aholi (1-yanvar, 2010)
 - Jami 2 797 553
 - Zichlik 8 544,4/sq mi (3 299/km²)
Vaqt hududi Sharqiy Yevropa vaqti (UTC+2)
 - Yoz (DST) Sharqiy Yevropa yoz vaqti (UTC+3)
Birodar shaharlar uz:Munhen, Vilnus, Leipzig, Anqara, Q206954, Q158876, Edinburg, Riga, Uxan, Afina, Boku, Bratislava, Belgrad, Brussel, Budapesht, Chicago, Q31487, Florensiya, Helsinki, Q34600, Minsk, Odense, Pekin, Pretoriya, Rio-de-Janeyro, Santiyago, Sofiya, Stokgolm, Tallinn, Tbilisi, Tirana, Q172, Q7880, Varshava, Vena;uz-latn:Munhen, Vilnus, Leipzig, Anqara, Q206954, Q158876, Edinburg, Riga, Uxan, Afina, Boku, Bratislava, Belgrad, Brussel, Budapesht, Chicago, Q31487, Florensiya, Helsinki, Q34600, Minsk, Odense, Pekin, Pretoriya, Rio-de-Janeyro, Santiyago, Sofiya, Stokgolm, Tallinn, Tbilisi, Tirana, Q172, Q7880, Varshava, Vena;uz-cyrl:Мунҳен, Вилнус, Леипзиг, Анқара, Q206954, Q158876, Эдинбург, Рига, Ухан, Афина, Боку, Братислава, Белград, Бруссел, Будапешт, Чиcаго, Q31487, Флоренсия, Ҳелсинки, Q34600, Минск, Оденсе, Пекин, Претория, Рио-де-Жанейро, Сантияго, София, Стокголм, Таллинн, Тбилиси, Тирана, Q172, Q7880, Варшава, Вена;
vebsayt: www.kmv.gov.ua


Kiyev — Ukraina poytaxti (1934 y.dan). Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik t.y., shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar mayd. 800 km2. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998).

Hoz. K. xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. "K." nomi 5-a. oxiri — 6-a. boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi b-n bogʻliq. K. mil. 6—7-a.larda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882 y. K. knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132 y.gacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markazi. 1240 y. K.ni moʻgʻullar zabt etdi. 1362 y.dan Litva va Polsha tarkibida. 1654 y.da Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.

1917 y.okt.da hokimiyatni Markaziy rada egʻalladi. 1918 y. 26 yanv.da K.ni kizil armiya bosib oldi. 1918 y. 1 martdan K. avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920 y. lardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941 y. sent.da K.ni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943 y. noyab.da K. ozod etildi. 1990 y.dan mustaqil Ukraina poytaxti.

Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960 y.dan). Ukraina FA, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, T.G.Shevchenkoning adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va b.), respublika stadioni bor.

K.da Sofiya sobori (11-a.; qoʻngʻiroqxonasi 17—19-a.lar), Oltin darvoza (11-a.), Vidubetsk monastiri (II-a.), Spas cherkovi (11-a. oxiri — 12a. boshi), Kirill cherkovi (12-a.), KiyevPechera lavrasi (12—18-a.lar), Andreyev cherkovi (18-a.), Vladimir sobori (19-a.) saqlangan. 1947—54 y.larda shahar markaziy koʻchasi ansambli — Kreshchatik barpo etilgan. 60—80-y.larda Rusanovka, Obolon va b. turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), "1941—45 y.lar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi" memorial majmuasi (1981) barpo etildi.[1]

Kiyev (ukr. Kiїv) — Ukrainaning poytaxti.

Sofianing maydoni

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil