Zagreb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zagreb — Xorvatiya poytaxti. Sava daryosining chap sohilida joylashgan. Aholisi 707 ming kishidan ziyod (1990-y.

lar oʻrtalari). Markaziy va Gʻarbiy Yevropadan Adriatika dengizi va Bolqon ya. o.ga boradigan t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. 3. — Xorvatiyaning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari (stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari); kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar i. ch., shuningdek, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya, qurilish materiallari, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, koʻn poyabzal va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Z.da xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Fanlar va sanʼat akade-miyasi, universitet (1669 y.dan), yadro fizikasi instituti, oliy oʻquv yurtlari, yirik nashriyotlar, teatrlar, meʼmoriy va etnografik muzeylar, badiiy va hunarmandchilik muzeylari, kartinalar galereyasi bor.

3. tarixiy manbalarda dastlab 1094 y.dan tilga olingan. 16-a. oʻrtalaridan Xorvatiyaning bosh shahri. 1526—1918 y.larda (nem. Agram nomi b-n) Gabsburglar monarxiyasi tarkibida. .1918 y.dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibida, 1992 y.dan mustaqil Xorvatiya poytaxti.

Meʼmoriy yodgorliklardan Yepiskop qarorgohi, sobori bilan (13—15, 19-a. lar), shahar qalʼasi (13—18-a.lar), gotika cherkovi (14— 15-a.lar), barokko va klassitsizm uslubidagi binolar (18-a.) saklangan. Zamonaviy binolar shaharning jan. qismida. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil