Vinnitsa viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vinnitsa viloyati
ukr. Вінницька область
Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Maqomi Viloyat
Tarkibida 27 tuman, 18 shahar, 29 shtq, 1466 qishloq
Maʼmuriy markazi Vinnitsa
Yirik shahari Vinnitsa
Boshqa yirik shaharlari Jmerinka, Mogilev-Podolsk, Xmelnik
Asos solingan sanasi 1932 yil 27-fevral
Viloyat davlat maʼmuriytining boshligʻi Ivan Movchan
Aholi Decrease1 619 253 kishi.[1]
Zichligi 61,07 kishi./km²
Millatlar tarkibi ukrainlar
Maydoni 26 513 km² (4,39 %, 12-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 • Baland choʻqqisi


 368 m
{{{Oʻzbekcha nomi}}} xaritada
Soat mintaqasi Andoza:EET
Kod ISO 3166-2 UA-05
Telefon kodi +380 43
Pochta indeksi 21xxx, 22xxx, 23xxx, 24xxx
Internet domeni .vinnica.ua, .vn.ua
Avtomobil raqami kodi AB
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 48.93°N 28.69°E / 48.93°N 28.69°E / 48.93; 28.69 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Vinnitsa viloyati - Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 y. 27 fevralda tuzilgan. Mayd. 26,5 ming km2. Axrlisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Jan.da Moldaviya Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi — Vinnitsa sh.

Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.

ning oʻrtacha t-rasi — 4, —6", iyulniki 18,8—20,5°. Yiliga 500— 550 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. V. v.dan Jan. Bug , Dnepr oqib oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% oʻrmon. Yelik, boʻri, tulki, oʻrmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvchilar, daryo qirgʻoqdarida qunduz, oʻrdak, gʻoz yashaydi. Asosiy aholisi — ukrainlar (92% ga yaqin); shuningdek rus, yahudiy, polyak va b. ham yashaydi.

V.v. Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va shakarqand sanoati rivojlangan r-nlaridan biri. Sanoati q.x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 40 ga yaqin shakarqand zavodi, 10 dan ziyod spirt zavodi, yirik konserva zavodlari va k-tlari ishlab turibdi. Goʻsht va sut sanoati katta oʻrin egallaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan q.x. va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovesk), granit va b. qazilmalarni ishlaydi. Vinnitsada fosfat oʻgʻiti k-ti bor. Poyabzal, tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.

Q. x. lavlagikorlik-gʻallachilik hamda goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla ekinlaridan kuzgi bugʻdoy, don-dukkaklilar, makkajoʻxori ekiladi. Shuningdek suli, tariq, grechixa, kungaboqar, kartoshka, tamaki, yemxashak ekinlaridan beda, yoʻngʻichka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va Dnestr daryosi boʻyida tokchilik rivojlangan.

Chorvachilikda sut-goʻsht qoramolchiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Parrandachilik, hovuz baliqchiligi va asalarichilik rivojlangan. T. y. uzunligi qariyb 1200 km. Muhim t. y. yoʻnalishlari: Kiyev — Odessa, Kiyev — Lvov. Xoʻjalik yuklarining asosiy qismi t. y. va avtomobil transportida tashiladi. Jan. Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Manba[tahrir]