Dnepropetrovsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dnepropetrovsk viloyati - Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 y. 27 fevralda tashkil etilgan. Dnepr daryosining oʻrta va quyi oqimi havzasida. Mayd. 31,9 ming km2. Aholisi 3811 ming kishi (1997), asosan ukrainlar; shuningdek, rus, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. D.v. 20tumanga boʻlingan, 19 shaqar, 54 shaharcha bor. D.v.ning yer yuzasi baland-past tekislik, gʻarbida Dnepr boʻyi qirlari, markaziy qismida Dnepr boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi moʻʼtadil konti-nental iqlim. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 5° dan (Nikopol) — 6,5° gacha, iyulniki 21,8° dan (Nikopol) 22,6° gacha (Pavlograd). Yillik yogʻin shim.da 450 mm, jan.da 400 mm. Eng yirik daryosi — Dnepr. Tuprogʻi qoratuproq. Dare vodiylari va orollarida oʻrmonlar uchraydi.

D.v.da sanoat yetakchi oʻrinda. Viloyat sanoati temir rudasi va temirli kvarsit (Krivoy Rog havzasi), marganets rudasi (Nikopol koni), titan, nikel, boksit, toshkoʻmir (Gʻarbiy Donbass) va qoʻngʻir kumir (Dnepr qoʻngʻir koʻmir havzasi), tabiiy gaz (Sarichanka tumani), mineral qurilish materiallari (granit, kaolin, dolomit), oʻtga chidamli gil zaxiralari asosida ishlaydi. Krivoy Rog xavzasi, Nikopol va Marganets sh.lari va jan.sharqiy qismida konchilik sanoati rivojlangan. Dnepropetrovskda qora metallurgiya, quvur zavodlari, Krivoy Rogda kora metallurgiya, mashinasozlik zavodlari va b. bor. Koks kimyosi va kimyo sanoatlari, qurilish materiallari, yogʻochsozlik sanoati ham rivojlangan. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari muhim oʻrin egallaydi. Dnepr boʻyi, Krivoy Rog va Dneprodzerjinsk GRESlari, Dneprodzerjinsk GES ishlab turibdi. Shebelinka — Dnepropetrovsk — Krivoy Rog — Odessa, Pereshchepino — Dnepropetrovsk gaz quvurlari, Kremenchug — Krivoy Rog — Xerson neft quvurlari bor.

Q.x.da tovar mahsulotlari ham yetishtiriladi. Donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, bahori arpa, texnika ekinlaridan kungaboqar, qand lavlagi, soya ekiladi. Bogʻdorchilik, mevachilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy-echki boqiladi. Parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va baliq ovlash (Dnepr va uning irmoqlarida) ham muhim oʻrin tutadi. Transportning asosiy turi — t.y. Avtomobil va daryo transportlari, Dnepr daryosi katta ahamiyatga ega. Yirik portlari: Dnepropetrovsk, Dneprodzerjinsk, Nikopol. 11 oliy oʻquv yurti, 7 teatr, 6 muzey bor.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil