Vatikan shahri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muqaddas Shahar
Status Civitatis Vaticanae
Stato della Città del Vaticano
Vatikan davlat bayrogʻi   Vatikan davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Inno e Marcia Pontificale
(Hymn and Pontifical March)
Vatikan Xaritasi
Poytaxt Vatikan Shahri
Rasmiy til(lar)
Hukumat Teokratiya (Sancta Sedes)]]
 •  Davlat boshlig`i   Pope Benedict XVI
 •  Davlat kotibi   Anjelo Cardinal Sodano
Mustaqillik   Italiyadan
 •  Sana   11 fevral 1929
Maydon  
 • Butun 0.44 km² (237-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 921 (233- oʻrin)
 • Zichlik 2093/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ mil. ({{{YaIM_o`rin}}}-)
 • Jon boshiga AQSh$0
Pul birligi {{{pul_birligi}}} ({{{pul_birligi_kod}}})
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma VT
Internet domen .va
Telefon prefiksi +379, +39

Vatikan (Vaticano, Stato della Citta del Vaticano) — Italiya poytaxti — Rimning gʻarbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar-davlat. Katolik cherkovining siyosiy, maʼmuriy va mafkuraviy markazi, uning boshligʻi — Rim papasi qarorgohi. Qariyb hamma tomoni tosh devor b-n oʻralgan. Mayd. 0,44 km2. Doimiy aholisi 1 ming kishiga yaqin (700 kishi V. fuqarosi). Rasmiy tillari — lotin va italyan tillari.


Davlat tuzumi[tahrir]

V.— cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari 1929 y.da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Rim papasi. 1996 y.fev. da papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning uchdan ikki qismiga ega boʻlgan taqdirda kardinallar hayʼati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati papa qoʻlida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshligʻi hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi — kardinallar hayʼati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash uchun yigʻilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-papa) 1978 y. 16 oktyabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Italiyapoytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan.

Tarixi[tahrir]

Ilk oʻrta asr davrida V. Rim papalarining turar joyi, 1377 y.dan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-a.dan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870 y.da Italiya birlashishi munosabati b-n Italiya qirolligi tarkibiga qoʻshib olingan. 1929 y.da papa b-n Italiya xukumati oʻrtasidagi Lateran bitimi natijasida V. davlati qayta tiklandi va 1929 y. 11 fev.da mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi sifatida V. dunyoning koʻpgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga taʼsir oʻtkazadi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlari 1992 y. 17 okt.

da oʻrnatilgan.

Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil qiladi. V.— dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar, banklar b-n uzviy bogʻlangan. V. bir qancha kompaniya va banklar aksiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya, shuningdek AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari korxonalariga qoʻyilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya, Germaniya, Ispaniya va b. mamlakatlarda katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham koʻp daromad keltiradi. Pul birligi — italyan lirasi; numizmatlar uchun V. lirasi ham zarb etiladi.

Matbuoti. V.ning rasmiy nashrlari: „Akta apostolike sedis“ („Havoriy arsh hujjatlari“, oylik byulleten, 1909 y.dan), „Annuario Pontifichio“ („Papa yilnomasi“, yillik maʼlumotnoma), „Osservatore della domenika“ („Yakshanbalik sharh“, katoliklar uchun haftanoma), „Osservatore romano“ („Rim sharhlovchisi“, kundalik gaz., 1861 y.dan). Shuningdek italyan, fransuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari mavjud. „Adjensia Internatsionale Fides“ V. agentligi 1926 y.da tashkil etilgan. V. radiosiga 1931 y. 12 fev.da asos solingan, 1957 y.da qayta tashkil etilgan. „Chentro Televizivo Vatikane“ — V. televizion markazi 1983 y.da barpo etilgan.

Meʼmorligi[tahrir]

Ilk oʻrta asrlarda vujudga kela boshlagan V. maʼmuriy majmuasiga 15— 16-a.larda yaratilgan koʻpdan-koʻp inshootlarni oʻz ichiga oluvchi V. saroy ansambli (mayd. 55 ming m2) kiradi. Oʻz navbatida ansambl devorlari B. Mikelanjelo, P. Perujino, S. Bottichelli, D. Girlandayo ishlagan rasmlar b-n bezatilgan Sikstin kapellasi, Beato Anjeliko ishlagan rasmlar b-n bezatilgan Nikolay V kapellasi, Rafael moʻyqalami sayqal bergan peshayvonlar va zallar, Uygʻonish davri uslubidagi ichki hovlilar (meʼmor D. Bramante), barokko uslubidagi darvozaxona (meʼmor L. Bernini), shuningdek koʻzni qamashtiradigan kutubxona, badiiy muzeylar va b.dan iborat. V. bogʻlarida Piy IV kazinosi, V. pinakotekasi (17-a.gacha boʻlgan italyan rassomlari asarlari toʻplami) binosi va b. bor. V. majmuasiga Avliyo Pyotr sobori (meʼmorlar D. Bramante, Mikelanjelo, K. Maderna va b.), Navon maydonidagi qator kolonnalar (meʼmor L. Bernnni) qoʻshilib ketgan.[1]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil