Xarkov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarkov viloyati - Ukraina tar kibidagi viloyat. 1932 y. 27 fevral

da tashkil etilgan. Mayd. 31,4 ming km. Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2004), asosan, ukrainlar va ruslar. Shuningdek, yahudiy, belorus, tatar va moldavanlar ham yashaydi. 1 km2 ga 94 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 73%. Muhim shaharlari: Izyum, Lozovaya, Balakleya, Kupyansk, Lyubotin, Volchansk, Merefa, Chuguyev, Gotvald. 25 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 15 shahar, 62 shaharcha bor. Markazi — Xarkov sh.

Tabiati. X.v. Ukrainaning shim.

sharqiy qismida. Yer yuzasi qiya tekislik boʻlib, daryo, jarliklar bilan oʻyilgan. Shim.sharqiy chekkasi kirdan iborat (bal. 236 m gacha), jan.da esa Donetsk kryajining etaklari (bal. 230 m) joylashgan. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.

ning oʻrtacha trasi —7,2 dan —8,4° gacha, iyulniki 20—21,4°. Yillik yogʻin 457—568 mm. X.v. hududida 200 ga yakin daryo, 5 suv ombori va koʻllar bor. Tuproqlari qoratuproq, oʻtloq va botqoq tuproklar. Hududining 18% oʻrmonzor (eman, joʻka, zarang , qayragʻoch, togʻterak, yovvoyi nok usadi). Hayvonlardan yelik, qobon, los, boʻri, tulki, quyon, boʻrsiq, sassiqkoʻzan; qushlardan bedana, boyqush, kaklik, laylak yashaydi.

Viloyatda 600 dan ziyod sanoat korxonasi bor. 14,1 ming kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Sanoat i.ch.da mashinasozlik va metallsozlik yetakchilik qiladi (viloyat sanoat mahsuloti hajmining 33,5%), oziq-ovqat sanoati (18,0%), elektroenergetika (22,2%), yoqilgʻi sanoati (14,5%), qurilish materiallari i.ch. (3,1%) va yengil sanoat (0,9%).

Viloyat mamlakatning asosiy mashinasozlik markazidir. Bu yerda, tarkibi 10 korxonadan iborat boʻlgan yirik traktorsozlik majmuasi tuzilgan. Q.x. mashinasozligi viloyat iktisodiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. X.v.da gidravlik, bugʻ va gazda ishlaydigan turbinalar, turbogeneratorlar ishlab chikariladi. AN72, AN140 rusumli samolyotlar xalqaro aviasalonlarida mashhur. Shuningdek, stanoksozlik mahsulotlari (yoʻnuvchi va agregat stanoklar) jahon bozorida yuqori baxrlanadi.

Viloyatda Ukraina gazining 40% qazib olinadi. X.v. hududida balans zahirasi 310 mlrd. m3 boʻlgan 42 ta gaz va gazkondensat konlari mavjud. Bir yilda 7 mlrd. m3ga yaqin gaz qazib olinadi. Markazlashgan elektr styalarining umumiy quvvati 3179 MVt.

Viloyatda goʻsht sanoatiga transhi 11 ta va sut sanoatiga qarashli 26 korxona; 11 qand, 6 spirt va likyoraraq i.ch., 5 pivochilik, 59 nonbulka mahsulotlari i.ch. korxonalari, 21 oziq-ovqat mollari, 9 universitetortish zavodlari, 3 yogmoy tarmoq korxonalari va b. ishlab turibdi.

Q.x.da don, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, texnika ekinlari, ekiladi. Bogʻ, tokzorlar bor. Sutgoʻsht chorvachiligi, parrandachilik, rivojlangan. Ukrainadagi eng yirik "Slobojanka" choʻchqachilik majmuyi (600 ming choʻchqa) ishlab turibdi. Asosiy transport turi — t.y. (uz. 1520 km). Avtomobil yoʻllari uz. 9,3 ming km.

Viloyatda 212 i.t. muassasasi, 6 teatr (shu jumladan, 3 akademik teatr), filarmoniya, organ va kamera musiqasi uyi, sirk, 32 muzey (shu jumladan, tarix va badiiy muzeylar), kutubxonalar (shu jumladan, Davlat ilmiy kutubxonasi), 78 estetik tarbiya maktabi, 800 klub va madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻlari, hayvonot bogʻi bor. Madaniyat akademiyasi, sanʼat inti, madaniyat, musiqa, badiiy oʻrta maxsus bilim yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyat hududida 2250 dan ziyod tarixiy va madaniyat yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.