Ternopol viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ternopol viloyati - Ukrainaning gʻarbiy qismidagi viloyat. 1939 i. 4 dek.da tashkil etilgan. Mayd. 13,8 ming km2. Aholisi 1172 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, belorus, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 27%. T.v. 16 tumanga boʻlingan, 14 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi Ternopol sh. Mux.im shaharlari — Ternopol, Chortkov, Zbaraj, Zaleshchiki, Terebovlya, Kremenets, Zborov va b.

T.v. Podoliya qirlarining gʻarbiy qismini egallagan. Ukrainaning oʻrmonli dasht zonasida. Viloyat hududi koʻp qismining bal. 300—400 m (eng baland joyi 443 m). Shim. qismida Kremenets qirlari, undan jan.rokda Toltr qirlari joylashgan. Foydali qazilmalari: qoʻngʻir kumir, qurilish materiallari, fosforitlar. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha trasi jan.da —4,6° dan shim.da —5,7° gacha, iyulniki 19,4°, 18,3°; oʻrtacha yillik yogʻin 600—680 mm. Vegetatsiya davri 165 kun. Eng yirik daryosi — Dnestr. Qoratuproq, podzollashgan sur tusli tuproklar uchraydi. Oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Dashtlar haydalib (70% hududi), ekinzorlarga aylantirilgan. T.v. hududining 12% oʻrmon. Oʻrmonlarda tulki, malla tovushqon, boʻrsiq, qobon yashaydi. Ondatra, nutriya, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.

T.v.ning asosiy sanoat tarmogʻi mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi asosida ishlaydigan oziq-ovqat sanoati (unyorma, shakarkand, moysir va sut, spirt, tamakifermentatsiya, konserva va sabzavot quritish zdlari, goʻsht kti, Berejanida shisha zdi, Ternopolda elektr armaturasi zdi, qand lavlagi kavlash kombayni, avtotaʼmirlash, taʼmirlashmexanika, savdo asbobuskunalari, chinni, temirbeton zdlari va qurilish industriyasi, mebel k-tlari, Kremenetsda boʻr zdi, Chortkovda avtomobil zdlari bor. Ternopolda, farmatsevtika fkasi, ip gazlama kti (Ukrainadagi yirik ktlardan biri), Ternopol va Chortkovda tikuvchilik fkalari va sunʼiy koʻn zdi, Terebovlyada poyabzal fkasi, Kremenetsda paxta fkasi joylashgan.

Q.x. gʻalla, lavlagi va sutgoʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla, yemxashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi.

Qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. T.y. transporta rivojlangan. Dnestr daryosida kema qatnaydi, aeroport bor. 3 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, musiqali drama teatri va filarmoniya mavjud.