Kishinyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KishinyovMoldaviya Respublikasi poytaxti. Bik daryosi (Dnestrning oʻng irmogʻi) sohilida. T. y. stansiyasi Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —3,5°, iyulniki 21,5°. Aholisi 700 ming kishi (1990-y.lar oxiri; shahar maʼmuriyatiga boʻysoʻngan aholi punktlari bilan birga). K.da 3 shahar tumani bor.

Hozirgi K. oʻrnida katta qishloq boʻlganligi haqidagi dastlabki maʼlumot 1466 y.ga mansub. 17-a.ning 2-yarmida K. shaharga aylangan. 16-a. boshlaridan 1812 y. gacha Moldaviya knyazligi tarkibida Turkiyaga qaram boʻlgan. 1812 y.da Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib olgan. 1818 y.dan K. — Bessarabiya viloyati markazi. 1873 y.dan yangidan tuzilgan Bessarabiya gubernyasi tarkibiga kirgan. K.da 1918 y. 1(14) yanvar da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yili yanvarda shahar Ruminiya tasarrufiga oʻtdi. 1940 y. 2 avg .da Moldaviya Sovet Respublikasi toʻzilgach, K. uning poytaxti, 1991 y.da shoʻrolar imperiyasi qulagach, mustaqil Moldaviya Respublikasi poytaxti boʻldi.

K.da mashinasozlik (q. x. mashinalari, savdo va oziq-ovqat sanoati jihozlari, sovitkichlar, elektr oʻlchash priborlari, televizorlar va b.), oziqovqat (vino, meva-sabzavot konserva, tamaki), yengil (koʻn poyabzal, trikotaj va b.) kimyo, yogʻochsozlik (shu jumladan, mebel) sanoati korxonalari bor. Moldaviya FA, 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Moldaviya universiteti), 5 teatr, 9 muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik, tarix, badiiy, A. S. Pushkin muzeylari) mavjud. Cherkov (18-a.), kafedrali sobor (19-a.) va Zafar toki (hozir Gʻalaba toqi; 19-a.) saqlangan. 60—80-y.larda yangi sanoat va turar joy binolari qurilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil