Kiyev viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiyev viloyati — Ukrainadagi viloyat. 1932 y. 27 fevralda tashkil etilgan. Mayd. 28,1 ming km2. Aholisi 4510 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, yahudiy, belorus, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. 25 tumanga boʻlingan; 22 shahar, 29 shaharcha bor. Markazi — Kiyev sh.

K.v. Polesye va Dnepr boʻyi pasttekisliklari, jan. va jan.-gʻarbda Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Yer yuzasi, asosan tekislik. Foydali qazilmalari: mineral qurilish materiallari, torf, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi shim.da —6,5° dan jan.-gʻarbida —5,5° gacha, iyulniki shim.da 17,5°, jan.-gʻarbida 20°. Yiliga 500—600 mm yogʻin tushadi. Asosiy daryosi — Dnepr. Tuprogi shim. qismida chimli podzol, jan.da podzollashgan qoratuproq.

K.v. sanoatida mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, oziqovqat va yengil sanoat yetakchi oʻrinda. Viloyat sanoati Kiyev GES, Kiyev gidroakkumulyativ elektrstansiyasi, Tripol GRES, qisman Chernobil AES va b.da ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatida kimyoviy jihozlar (Fastov), q.x. mashinalari (Belaya Serkov), ekskavatorlar (Borodyanka), torf qazish texnikasi (Irpen), oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar (Brovari, Grebyonki), uy-roʻzgʻor sovutkichlari va elektr dazmollar (Vasilkov), elektrotexnika (Fastov, Belaya Serkov), sanitariya texnikasi jihozlari (Rjishchev) va b. ishlab chiqariladi. Brovarida kukun metallurgiyasi zavodi ishlab turibdi. Sanoat majmuasida oziq-ovqat sanoati, qisman shakarqand, sut, moy-sir, spirt (Trilesi, Krasnaya Slobodka, Stadnitsa), goʻsht, sabzavot konserva (Belaya Serkov) zavodlari salmoqli oʻrin tutadi. Yengil sanoatining tikuvchilik, trikotaj, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, zigʻir tola kabi tarmoqlari, kimyo va neft kimyosi sanoatida Belaya Serkov shina va rezina asbest buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, Brovari plastmassa zavodi, Nemeshayevoda biokimyo preparatlari zavodi bor. Yogʻochsozlik, jumladan, mebel sanoati ancha rivojlangan. Temir-beton buyumlari (Belaya Serkov, Vishgorod), gʻisht (Stayki, Belaya Serkov, Bucha), oyna-shisha (Babinsi, Bucha va b.) ishlab chiqariladi, granitga ishlov beriladi (Bucha). Badiiy keramika, badiiy kashtachilik rivoj topgan.

Q.x.da, asosan, gʻalla yetishtiradi. Texnika ekinlari, kartoshka va sabzavot ekiladi. Chorvachiligi sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Shahar atrofida sabzavot-sut xoʻjaligi keng taraqqiy etgan. Kuzgi bugʻdoy, qand lavlagi, kartoshka, tolali zigʻir, sabzavot ekiladi. Bogʻdorchilik va rezavor mevachilik rivojlangan. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik, shuningdek, asalarichilik, ipakchilik, baliqchilik rivojlanmokda. T.y. va avtomobil transporti yoʻllari, aeroport bor. K.v.da Belaya Serkov q.x. instituti, bir necha ilmiy tadqiqot institutlari joylashgan.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil