Vilnyus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vilnyus (avvalgi nomlari Vilno, Vilna) — shahar, Litva Respublikasi poytaxti, yirik sanoat va madaniyat markazi. Nyaris (Viliya) va Vilnya (Vilnyale) daryolari tutashgan yerda. Shahar Vilnya daryosi nomi bilan atalgan (litvacha vilnya, vilnis — "toʻlqin" demak).

Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —5,3°, iyulniki 17,9°. T.y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 591,2 ming kishi (1999). V. birinchi marta 12-a. yilnomasida tilga olingan. 1323 y. Litva knyazi Gediminas mamlakat poytaxtini Litvaning qad. poytaxti Trakaydan V.ga koʻchirgan. Litvani Rossiya imperiyasi bosib olgach (1795), V. gubernyaning maʼmuriy markazi boʻldi. 1918 y.da V.da hokimiyatni bolsheviklar egallab oldi. 1920—39 y.larda V. panlar Polshasi tarkibida boʻldi, 1940 y.dan Litva poytaxti. 2-ja-hon urushida katta zarar koʻrgan V. qisqa muddat ichida qayta tiklandi va Boltiqboʻyi iqtisodiy r-nining eng yirik iqtisodiy, madaniy markazlaridan biri boʻlib qoldi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining aksariyat qismi V.da ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (stanoksozlik, asbobsozlik, issiklik apparaturalari, elektr dvigatellari, elektr payvandlash va savdo-sotiq asboblari, radio oʻlchov priborlari, q.x. mashinalari va b.) va metallsozlik yetakchi oʻrinda turadi. Kimyo, yengil (tikuvchilik va paypoq-trikotaj f-kalari, poyabzal, attorlik korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht k-ti, konditer, tamaki f-kalari, yog , pivo zavodlari) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqariladi. V.dan 10 km narida joylashgan Yangi Vilnyada yirik sanoat r-ni vujudga kelgan. V.— muxim madaniy markaz. V.da respublika Fanlar akademiyasi (1940 y.dan), ilmiy tadqiqot institutlari, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Vilnyus universiteti, konservatoriya), 150 ga yaqin ommaviy kutubxona, 12 muzey (shu jumladan suratlar galereyasi, xalq sanʼati, tarix-etnografiya muzeylari), 5 teatr (Litva opera va balet teatri va b.) va b. muassasalar ishlab turibdi. V.da meʼmoriy yodgorliklardan Baland qasr (14—15-a.lar) qoldiqlari, Mikaloyalus gotika cherkovi (14-a.), bernardinchilar cherkovi va ibodatxonasi (16-a.), Onoye cherkovi (16-a.) va Mikolo cherkovi (16— 17-a.lar), universitet binolari majmui (16-a. 2-yarmi — 19-a. 1-yarmi), Kazimero (1604—18), Tereses (1634—50), Pyatro ir Povilo (1668— 75), Kotrinos (17-a. oxiri —18-a. oʻrtasi) barokko cherkovlari, meʼmor L. Stuoki-Gutsyavichyusning klassik stilidagi binolari (kafedral sobor, 1777—1801; ratusha 1786—99) saqlangan. 1940-y.lardan soʻng yangi turar joy r-nlari (Lazdinay, 1967 y.dan; Jirmunay, 1968 y.dan) va jamoat binolari ("Nyaringa" mehmonxonasi, 1960; Sport saroyi, 1971; Opera va balet teatri, 1973) vujudga keldi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil