Amsterdam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poytaxt
Amsterdam
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Niderlandlar
Mintaqa Shimoliy Gollandiya
Koordinatalari 52°23′0″N 4°54′0″E / 52.38333°N 4.90000°E / 52.38333; 4.90000Koordinatalari: 52°23′0″N 4°54′0″E / 52.38333°N 4.90000°E / 52.38333; 4.90000
Burgomistr Eberxard van der Lan
Ilk eslatilishi 1275
Maydoni 219,07 km²
Markazi balandligi 4767 m
Aholisi 790 044 
Etnoxoronim Niderlandlar, niderlandiyaliklar
Vaqt mintaqasi UTC+1
Telefon kodi +31 020
Pochta indeksi 10xx
Pochta indekslari 10xx
Avtomobil kodi 01 — 09, (10, 30 — eskisi)
Rasmiy sayti http://www.amsterdam.nl/
Amsterdam (Niderlandlar)
Amsterdam

Amsterdam — Niderlandiya poy-taxti. Amstel daryosining quyilish yeri-da joylashgan. A. mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, aholisi soniga ko‘ra eng katta shahri, yirik dengiz porti (yuk oboroti 20 mln.t. dan ortiq). Aholisi 724 ming kishi (1994; shahar atrofi b-n 1 mln.dan ziyod). Sxipxol aeroporti xalqaro ahamiyatga ega, yirik temir yoʻl tuguni. Metropoliten qurilgan. A. „Shimoliy Venesiya“ degan nom b-n ham mashhur. Am-stel daryosi va uning tarmoqlari hamda ularni tutashtirib turgan kanallar shaharni qismlarga bo‘lib yuborgan. 400 dan ortiq ko‘prik mavjud. Shaharning qad. uylari yirik qoziqlar ustiga qurilgan. Shahar yilnomalarda dastlab 1275 y.da tilga olingan. 17-a.da savdo va kredit berishning jahon ahamiyatiga mo-lik markazi bo‘lgan. 1795—1806 y.larda Bataviya Respublikasining, keyinroq Niderlandiya Qirolligining poytaxti.Mashinasozlik (kemasozlik, samo-lyotsozlik, elektron asboblar), neftni qayta ishlash, poligrafiya, farmatsevti-ka, kimyo, oziq-ovqat, yog‘ochsozlik sano-ati korxonalari bor. Sanoatining ko‘p tarmoqlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. A. olmosga sayqal be-rish va olmos b-n savdo qilish sohasida yirik markaz sifatida qad. dan mashhur. A. da Fapbiy Yevropaning eng muhim moliya va bank muassasalari joylashgan, mam-lakat madaniyati va fanining asosiy markazi. A. da IX Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tgan (1928). 2 un-t, FA, bir qancha ilmiy tadqiqot in-tlari, ko‘pdan-ko‘p tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, jumladan cherkov binolari (13—17-a.lar), o‘nlab muzey (Gollandiya tasviriy sanʼat maktabi asarlari to‘plangan Dav-lat rasmlar muzeyi, 1808), Rembrand uyi (1907 y.dan muzey), Dengiz muzeyi, tarix muzeyi mashhur.

Galeriya[tahrir]

Shahar koʻrki
Shahar jilosi Shaharning Madaniyat kutubhonasi yon tomonidan ko'rinishi
Shaharning ko'rinishi
Amsterdamning Zuidas tumani
Amsterdam ko'chalarida tramvay
Moveable bridge in Amsterdam, Netherlands.jpg

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil