Jezqazgʻan
Shahar
|
Jezqazgʻan (qozoqcha — mis qazimoq) — Qozogʻiston Respublikasi Karaganda viloyatidagi shaqar (1954 y. gacha shaharcha). Kengir suv omborining oʻng sohilida joylashgan. Qaragʻanda sh.dan 520 km. 1997 y.dan J.ga maʼmuriy jihatdan Satpayev sh. boʻysunadi. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 148,7 ming kishi (Satpev sh. b-n birga, 1999). J.da mis rudasi borligi mahalliy aholiga qadimdan maʼlum boʻlgan. 1771 y. Markaziy Qozogʻistonga baron Traunberg ekspeditsiyasi kelgan va Ulugtov jan. etaklarida mis rudalari borligini aniqlagan. 1847 y. yekaterinburglik savdogar Nikolay Ushakov chorvador Botir Bakasindan mis zaxiralari bor deb taxmin qilingan maydonni ijaraga olgan.
1890 y. J. konini inglizlar sotib olgan va 1913 y. bahorida mis eritish z-di va Qarsaqpayda boyitish f-kasini qurish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Mis. rudasi 20-a. boshidan oz miqdorda qazib olina boshlagan. 1925 y. Otbosar rangli metallar tresti tashkil etilib, uning tarkibida Qarsaqpay k-ti boʻlgan. 1928 y. Qarsaqpay mis eritish z-di birinchi mahsulotini berdi. 1947 y. J. boyitish f-kasi qurila boshladi, 1954 y. foydalanishga topshirildi.
J. regionida marganets konsentrati ishlab chiqariladigan va oltin rudasi qazib olinadigan konlar va f-kalar, mis z-di va sim i.ch. sexi joylashgan. J. rudasi tarkibida qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, oltingugurt, oltin va nodir hamda tarqoq elementlar mavjud. Gidrometallurgiya, quyish mexanika z-dlari, trikotaj f-kasi, goʻsht k-ti, sut z-di, emal sexi ishlab turibdi. J. koni asosida misdan tashqari rangli metallurgiya rivojlangan boʻlib, "Qazaqmyu" korporatsiyasining "Jezkazgansvetmet" aksiyadorlik jamiyati korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.
J. mis koni aniqlangan zaxirasi boʻyicha dunyodagi yirik konlardan biri.
J. hududida kompleks rudalar, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, oltin, volfram, molibden, temir, marganets, optik kvarsning katta zaxiralari bor. Undan tashqari koʻmir, neft, gaz, tabiiy qurilish materiallari, qoplama va ziynat toshlari konlari mavjud. J.da 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, tarix oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.[4]
Jezqazgʻan shahri — Qozogʻistondagi shahar, Qarag'andi viloyati
- Shahar 1954-yili tashkil topdi. Shahar hududi 85,98 km².[5]
- Shahar aholisi 2012-yili yanvarda 85 189 kishini tashkil qildi.
- 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha shahar aholisining milliy tarkibi
- 62,32 %-i qozoqlar
- 26,12 %-i ruslar
- 3,80 %-i ukrainlar
- 1,31 %-i olmonlar
- 1,27 %-i tatarlar
- 0,85 %-i beloruslar
- 0,70 %-i koreyslar
- 0,66 %-i ozarbayjonlar
- 0,47 %-i moldavanlar
- 0,24 %-i boshqirdlar
- 0,23 %-i chechenlar
- 0,19 %-i oʻzbeklar
- 0,17 %-i chuvashlar
- 0,11 %-i polyaklar
- 1,55 %-i boshqa millat vakillari
- Umumiy — 96 748 kishi (100,00 %)
-
- 4,5 %-i boshqalar
- 2006-yili aholining 1000 kishiga umumiy koeffitsientlar:
- tugulish — 16,73
- oʻlim — 10,88
- tabiiy oʻsish — 5,85
- Shaharda 01.01.07 yilga 1133 xoʻjalik subʼekti roʻyhatdan oʻtgan, shulardan 13 yirik, 58 oʻrta, 1062 kichik subʼeklar.
Asosiy iqtisodiy yoʻnalish: rangli metallurgiya; mashinasozlik va metallga ishlov berish; energetika; oziq ovqat sanoati.
- Shaharning asosiy korxonalari: „Qazaqmis Korporatsiyasi“ MChB, „JezREK“ AJ, „PTVS“ AJ
- Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:
- elektr energiyasi;
- rangli metallarni ishlab chiqarish.
- 2006-yili qishloq xoʻjaligi mahsulotning koʻp qismini koʻkatklar tashkil qildi.
Shundan 2006-yili 11,6 ming tonna kartochka, 4,9 ming tonna koʻkatlar, 1,1 ming tonna goʻsht,4,0 ming tonna sut, 4671,2 mingta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda qora mollar soni 6,9 mingta, qoʻy va echki — 22,5 mingta,choʻchqa — 4,3 mingta,yilqi - 1,8 mingta, qush — 23,1 mingta.
Shaharda 2006/2007 oʻquv yili
- 22 kundizgi umumiy bilim beruvchi maktab faoliyat yuritadi, unda 14999 oʻquvchi,
- 7 kolledjda — 6470 student,
- 2 kasibiy-texnik oʻquv joylarida — 920 oʻquvchi,
- 1 oliy oʻquv yurtida 4283 student tahsil oladi.
Shaharda
- 13 kutubxona,
- 6 klub usulidagi mahkama,
- 3 muzey,
- 2 kinoteatr,
- 1 teatr,
- 1 konsert zali faoliyat yuritadi.
Iqtisodi [tahrir]
2006-yilgi shaharning katta va oʻrta korxonalari ishchilarining soni, Satbaev shaharida "Qazaqmis korporatsiyasi" MChB va Ulutau tumaning Qarsaqpay kentining ham ishchilarini hisobga olganda, 45175 kishini tashkil qildi, oʻrta oyligi — 39511 tenge. 2006-yilgi mahsulot koʻlami 210886,1 mln. tengeni tashkil qildi. Yillik maʼlumot boʻyicha 2006-yilgi asosiy kapitalga investitsiyalar 16057,8 mln. tengeni tashkil qildi, bu 2005-yil bilan taqqoslaganda 103,6 %-ni tashkil qiladi.
Manbalar [tahrir]
- ↑ Cities & towns of Kazakhstan (ingl.) Andoza:Ref-kz
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Chislennost naseleniya Respubliki Kazaxstan po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na nachalo 2010 goda
- ↑ Natsionalniy sostav naseleniya Kazaxstana po perepisi 2009
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ "Qazaqstan": Ұlttiq ensklopediya/Bas redaktor Ә. Nisanbaev — Almati „Qazaq ensiklopediyasi“ Bas redaksiyasi, 1998 ISBN 5-89800-123-9