Makinsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Makinsk
qoz. Макинск
shahar
52°38′0″N 70°25′0″E / 52.63333°N 70.41667°E / 52.63333; 70.41667 G OKoordinatalari: 52°38′0″N 70°25′0″E / 52.63333°N 70.41667°E / 52.63333; 70.41667 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Akmola viloyati
Tuman Bulandi tumani
Hukumat
 • Akim Shoʻlaxov Shaydulla
Asos solingan 1928
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2009)
17,689
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71646 [1]
Pochta indeks(lar)i 020500[2]
Avtomobil kodi C, 03
Makinsk qoz. Макинск xaritada
Makinsk qoz. Макинск
Makinsk
qoz. Макинск

Makinsk — Qozogʻistondagi shahar (1945-yilgacha Makinka ishchilar kenti), Bulandi tumanining maʼmuriy markazi (1957). Astana shahridan shimolga tomon 180 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 17,8 ming kishi (2008).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poydevori 1914-yili qurilgan, 1945-yili shahar mavqei berildi. 1942-yili Tambov viloyati Michurinsk shahridagi porshenli uzuk ishlab chiqarish zavodining koʻchib kelishi bilan Makinsk shahrining sanoati rivojlana boshladi. Keyinchalik metall ishlash zavodi, qurilish va yigʻuvchi materiallar kombinati, duradgorlik zavodi, elevator, non zavodi ishga tushirildi.

OAV[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Казахстан-Кокшетау telekanali
  • Tuman ommaviy-siyosiy gazetasi Вести Буланды

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda Stepgeologiya, Porshenkomplekt, Bulandi kareri, Makinsk elevatori, Progress, Agrotexservis, Makinsk neftbazasi aksionerlik jamoati, 5 ta umumiy bilim beruvchi maktab, musiqa, sport maktablari, 3 ta kasalxona, shifoxona, dorixona, sanitar-epidemiologiyalik stansiyasi, 2 ta madaniyat uyi, 3 ta klub, 2 ta kinoteatr, 6 ta kutubxona, bosmaxona, 3 avtokarxona, avtomatli telefon stansiyasi bor. Shahar hududi orqali Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻli, Stepnogorsk — Otbosar temir yoʻli oʻtadi [3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]