Fort-Shevchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Fort-Shevchenko
qoz. Форт-Шевченко
Gerb
Gerb
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Mang'istov viloyati
Tuman Tupqaragʻan tumani
Koordinatalari 44°31′N 50°16′E / 44.517°N 50.267°E / 44.517; 50.267Koordinatalari: 44°31′N 50°16′E / 44.517°N 50.267°E / 44.517; 50.267
Asos solingan 1846
Avvalgi nomlari Novopetrovskoe ukreplenie,
Fort-Aleksandrovskiy,
fort Uritskiy
Qachondan beri shahar 1899
Maydoni 54,5 km²
Aholisi 5,228[1] 
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 72938[2]
Pochta indeksi 130500[3]
Avtomobil kodi R, 12
Fort-Shevchenko (Qozogʻiston)
Fort-Shevchenko qoz. Форт-Шевченко

Fort-Shevchenko — shahar, Mang'istov viloyati Tupqaragʻan tumanining maʼmuriy markazi. Kaspiy dengizining sharqiy sohilida, viloyat markazi Aqtau shahridan shimoli-gʻarbga tomon 130 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 5,228 kishi (2013).

Tarixi[tahrir]

Oʻrta asrlarda bu yerda dengiz porti — Ketikqala shaharchasi joylashgan. Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻini egallash maqsadida 1716-yili Rossiya imperiyasi Petr I-ning farmoniga binoan A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya shu yerda dastlabki „Avliyo Petr“ rus qamalining poydevorini quradi. 1846-yil shtabs-kapitan M.I. Ivaninning boshchiligi bilan Novo-Petrovsk qamali qad rostladi. 1857-yildan qamal atrofida paydo boʻlgan shahr Fort-Aleksandrovsk, kengash hukumatining dastlabki yillarida Fort-Uritskiy, 1939-yildan boshlab hozirgi nomi bilan ataladi. Shaharning chekka qismida Qoʻrgʻantas togʻida vayrona boʻlgan qamalning qoldiqlari saqlangan. 1882-yil Fort-Aleksandrovsk Mangʻistau uezining markazi boʻlib, 1896-yili unga shahar mavqei berildi. 1850 — 1857 yillari bu shaharga ukrainlarning buyuk shoiri T.G. Shevchenko badargʻa qilindi. 1932-yili Shevchenkoning memorial muzeyi ochildi. 1928-yil Fort-Shevchenkoga shahar maqomi berildi. 1938 — 1963 yillar Shevchenko tumanning markazi, 1992-2001 yillar viloyat ahamiyatiga ega shahar boʻldi. 1992-yil yangidan tashkil topgan Tupqaragʻan tumanining markazi, tuman ahamiyatiga ega shahar.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Chet ellarning neft-gaz kompaniyalari bazasi shu shaharda joylashgan. 2006-yil shaharning 160 yillik yubileyi nishonlandi. Shaharda bosmaxona, tuman aloqa boʻlimi, 2 maktab, 4 bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, 2 kutubxona, 3 muzey, mehmonxona, avtomat telefon stansiya, tuman kasalxonasi va shifoxona, dorixona, sanepidemiologiya stansiya faoliyat yuritadi. [4]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]