Otbosar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Otbosar
qoz. Атбасар Atbasar collage.jpg
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Akmola viloyati
Tuman Otbosar tumani
Koordinatalari 51°48′N 68°22′E / 51.800°N 68.367°E / 51.800; 68.367Koordinatalari: 51°48′N 68°22′E / 51.800°N 68.367°E / 51.800; 68.367
Asos solingan 1845
Iqlim tipi keskin kontinental
Aholisi 29 909 
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71643
Pochta indeksi 020400
Avtomobil kodi C
Otbosar (Qozogʻiston)
Otbosar  qoz. Атбасар

Otbosar — Qozogʻiston Respublika-sidagi shahar. Jabay daryosi (Ishim irmogʻi) sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 40 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Q.x. xom ashyolarini qayta ishlash markazi. Oziq-ovqat sanoati, elevatorlar, temirbeton konstruksiyalar z-dlari bor. 1846 y.da kazaklar stanitsasi si-fatida barpo etilgan. [1]

Otbosar — shahar, Akmola viloyatidagi Otbosar tumanining maʼmuriy markazi (1928). Poydevori 1846-yili qurilgan. Astana shahridan shimoli-gʻarbga tomon 232 km masofada, Jabay daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. 19 asrning 40 — 50 yillarida oʻzi bilan nomdosh okrugning, 1869-yildan Akmola viloyati Sarisu vezining markazi. Shahar aholisining soni 1897-yil 3 ming, 1997-yil 35,3 ming, 2006-yil 29,1 ming 2012-yil 29 909 kishini tashkil qildi. Oktyabr revolyutsiyasigacha bunda yiliga Otbosar (Petrov) yarmarkazi oʻtkazilib turdi. 1928-yili tuman markaziga aylandi. Akmola — Qartali temir yoʻlining barpo etilishi (1940) shaharning undan ham rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berdi. Ulugʻ Vatan urushi vaqtida tashqaridan koʻplab aholi va bir nechta korxonalar koʻchirilib keldi. Otbosarda batamom mexanikalantirilgan, yangi texnika bilan tayyorlangan Qozogʻistondagi eng yirik elevatorlarning biri ishga tushurildi. Hozirgi kunda avtomobil, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlaydigan, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi, v.b. korxonalar faoliay yuritmoqda. Shaharda qishloq xoʻjaligini mexanikalantiruvchi va elektrlandiruvchi mutaxasislar toyyorlaydigan kolledj, oʻrta va asosiy, musiqa maktablari bor [2].

Manbalar [tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Qozoq ensiklopediyasi

Havolalar [tahrir]