Abu Zayd ibn Sahl Balxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu zayd ibn Sahl Balxiy (850, Balx viloyati Shomiyotiyon qishlog‘i — 934) — geograf, falakiyotshunos, til-shunos va tabib. O‘rta asr geografiya maktabining mumtoz vakili. A. 3. qisqa muddat Buxoroda yashagan. U arab fayla-sufi Kindiyning shogirdi. A. 3. "Kitob fi fazli sinoat il-kitobat" ("Kotiblik 4san’atining fazilati haqida kitob"), "Kitob fi fazilati ilm il-axbor" ("Ta-rix ilminio‘g fazilati haqida kitob"), "Kitob ul-asmo il-kunya val-alqob" ("Laqablar, kunyalar va ismlar haqida kitob"), "Kitob un-nahv vat-tasrif" ("Grammatika haqida kitob"), "Kitob fi fazilati ulum ir-riyoziyot" ("Matemati-ka ilmlarining fazilati haqida kitob") kabi 60 ga yaqin asarlar muallifidir. Yer yuzining geografiyasiga oid "Suvar ul-aqolim" ("Iqlimlar suratlari") asari 920-y.larda yozilgan bo‘lib, asli saqlanib qolmagan, ammo uni o‘z davrida ko‘rgan va o‘qigan sayyohlarning ko‘rsatishicha, A. 3. o‘z kitobida haritalar va Yerning tasvirini bermoqni maqsad qilgan, du-nyoni qush shakliga o‘xshatib, doiraviy haritasini chizgan. Bu asarni Istaxriy yangi ma’lumotlar (Fors viloyati, Xu-ziston, Shim. Hindiston geografiyasi) bilan boyitgan. Keyinchalik iromik Ibn Havqal ham bu kitobga ba’zi o‘zgarishlar va qo‘shimchalar qilgan, oqibatda "Kitob ulmasolik val-mamolik" mashhur geo-grafik asar yuzaga kelgan. Kitob ichiga turli haritalar ilova qilingan, bu xa-ritalar majmui fan tarixida "Islom atlasi" nomi bilan mashhur.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil