Yuta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Flag of the United States.svg Yuta
Utah
Flag of the United States.svg
Yuta bayrogʻi Yuta tamgʻasi
Yuta bayrogʻi Yuta tamgʻasi

Shtat laqabi: Asalari qutisi shtati
(Beehive State)

Utah in United States.svg
Poytaxt Salt Lake City
Eng yirik shaharlar Salt Lake City
West Valley City
Provo
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 13-oʻrinda

219,887 km²
3.25 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 34-oʻrinda

2,469,585
10.5 kishi/km²
3
5

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 33-oʻrinda

$82,611 mil.
$34,127

Ittifoqqa kirish

   - Sana

45-boʻlib

4 yanvar 1896

Vaqt UTC-7 (MST) / -5 (EST)
Qisqartma UT [49]
Shtat guli Sego lily

(Calochortus gunnisonii)

Shtat daraxti Blue Spruce

(Picea pungens)

YutaAQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri. AQSh ittifogʻiga 4 yanvar 1896 yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2° dan —4° gacha, iyulniki 17—20°. Yillik yogʻin 250–400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va qishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil