Shimoliy Dakota
| |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Shtat laqabi: Tinchlik Bog'i Shtati | |||||
![]() | |||||
Poytaxt | Bismarck | ||||
Eng yirik shaharlar | Fargo Bismarck Grand Forks | ||||
Maydon - Butun |
AQSh: 19-oʻrinda 183,112 km² | ||||
Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 48-oʻrinda 636,677 | ||||
YShM |
AQSh: 49-oʻrinda $22,687 mil. | ||||
Ittifoqqa kirish - Sana |
12-boʻlib 21 noyabr 1789 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) / -7 (MST) | ||||
Qisqartma | NY [36] | ||||
Shtat guli | Wild Prairie Rose | ||||
Shtat daraxti | American Elm |
Shimoliy Dakota - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Bismarck shahri. AQSh ittifogʻiga 21 noyabr 1789 yilda kirgan, undan oldin.
AQShning shimolidagi shtat, Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 183 ming km². Aholisi 634,1 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Bismark shahri Yer yuzasi tekislik, daryolari chuqur vodiylardan oqadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —19° dan —22° gacha, iyulniki 20—23°. Yillik yogʻin 400– 500 mm. Asosiy daryosi — Missuri (yuqori oqimi). Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Asosiy ekini — bugʻdoy, yalpi hosili boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Shuningdek, suli, arpa, javdar, makkajoʻxori, zigʻir, oʻt ekiladi. Goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Sanoatida yetakchi tarmoq — oziqovqat sanoati. Foydali qazilmalardan neft, gazeta va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi.[1]
Manbalar[tahrir]
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |