Kontent qismiga oʻtish

Nebraska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nebraska
Nebraska
Shtat
Nebraska bayrog`i Nebraska tamg`asi
Nebraska bayrog`i Nebraska tamg`asi

Shtat laqabi:
(Cornhusker State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Lincoln
Eng yirik shaharlar Omaha
Lincoln
Bellevue
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 16-oʻrinda

200,345 km²
0.62 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 38-oʻrinda

1,758,787
8.6 kishi/km²
3
5

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 36-oʻrinda

$68,183 million
$39,013

Ittifoqqa kirish

   • Sana

37-boʻlib

1-mart 1867

Vaqt UTC-6 (CST) / -7 (MST)
Qisqartma NC [37]
Shtat guli Goldenrod

(Solidago gigantea)

Shtat daraxti Cottonwood

(Populus deltoides)

Nebraska — AQShning markaziy qismidagi shtat. Missuri daryosi havzasida. Maydoni 200,3 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2002), shundan 66% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Linkoln shahri; eng yirik shahri va sanoat markazi — Omaxa. Shtat qududining katta qismi Buyuk tekisliklarda, gʻarbiy chekkasida Qoyali togʻlarning tarmoqlari (eng baland joyi 1654 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 500–700 mm. Yirik daryolari — Missuri va Platt. Togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonlar bor. N. — agrar-industrial shtat. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Chorvachilik, aso-san, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. N.ning sharqiy qismida dehqonchilik nisbatan rivojlangan. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Shtatning gʻarbiy qismidagi dare vodiysida sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Rangli metallurgiya va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. N.da ozrok, neft qazib olinadi.[1]

Nebraska - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Lincoln shahri. AQSh ittifog`iga 1-mart 1867-yilda kirgan, undan oldin - Nebraska Territory.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil