Meyn
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
![]() | |||||
Mamlakat | ![]() | ||||
Poytaxt | Augusta | ||||
Eng yirik shaharlar | Portlend Lewiston Bangor | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 39-oʻrinda 91,646 km² | ||||
Aholi • Butun (2011) |
AQSh: 40-oʻrinda 1,321,505 | ||||
YIM |
AQSh: 43-oʻrinda $43,336 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
23-boʻlib 15 mart 1820 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | MA [25] | ||||
Shtat guli | White pine cone and tassel | ||||
Shtat daraxti | Eastern White Pine |
Meyn - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Augusta shahri. AQSh ittifogʻiga 15 mart 1820 yilda kirgan, undan oldin - Massachusetts. Meynning beshdan to’rt qismini yog’och qayta ishlovshi sanoati uchun juda muhim bo’lgan o’rmonlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham shtatning “yog’och shtat” va “sosna shtati” degan laqablari bor. Meyn Amerikada ba'zan “AQShning Shveysariyasi” va “Vacationland” ("Hordiq yeri") deb ham ataladi. Bu nomlarning kelib chiqishiga shtatning tog’li manzarasi va ko’p yog’adigan qori sababchi bo’lgan.
Umumiy ma'lumot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Meyn - AQShning 50 shtatidan biri. Yevropaliklar 1607-yilda ilk bora bu yerda yashashni boshlagan. 1602-yili Meyn, Buyuk Britaniyaga qarashli bo'lgan Massachusetts Ko'rfaz Koloniyasining tarkibiga kirdi. 1776-yilda AQSh davlati mustaqillikka erishgach Meyn hozirgi Massachusetts shtatining ichida edi. Keyinchalik, 1820-yilda Meyn aholisining ko'payishi hamda Massachusetts shtat markazidan uzoqdaligi tufayli alohida Meyn shtatiga aylantirildi. Shtat AQShning shimol-sharqiy tomonidagi Yangi Angliya hududida joylashgan. Poytaxti - Augusta shahri, eng katta shari esa Portlend - aholisi 65.000. 1832-yilgacha Meyn shtatining poytaxti Portlend shari edi, keyin Augusta shahri poytaxt deya e'lon qilindi.
Jo'g'rofiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Meyn shtati AQShning Kanada davlati bilan chegaradosh bo'lgan shtatlaridan biridir. Mamlakatning eng shimoli sharqiy qismida joylashgan shtat, shimol, g'arb va shimoli g'arbiy tarafda Kanada bilan chegaradosh. Janubi g'arbiy tarafda esa AQShning N'yu-Xempshir shtati bilan chegaralangan. Janubi sharqiy tarafda Atlantika okeani bor. Qiziqarli tomonlardan biri shuki, Meyn shtati AQShning eng sharqiy shtatidir. Shtat hududidagi eng katta ko'l - Musxed (english: Moosehead) ko'lidir, eng baland tog' esa Kataxdin tog'i.
Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shtatning eng katta shahri bo'lgan - Portlend AQShning shimoli sharqiy qismidagi eng katta port-shahridir. Portlend dengiz transportatsiyasi bo'yicha so'nggi yillarda, xatto, Boston shahrini ham ortda qoldirmoqda. Meyn viloyatida hayvonchilik, baliqchilik va dehqonchilik rivojlangan. O'rmon sanoatida aholining ko’p qismi ishlaydi. Boshqa shtatlarga tovuq, tuxum, go'sht va sut mahsulotlari, olma va boshqa meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiladi.Shuningdek turizm ham Meyn iqtisodiyotining muhim parchalaridan biri. Qish fasli sovuz o'tgani bilan, yoz mavsumida Atlantika okeani qirg'oqlari turistlar bilan gavjum bo'ladi. Meyndagi Acadia Milliy Bog'iga har yili minglarcha tursit tashrif buyuradi.
|
![]() |