Neftni qayta ishlash sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neftni qayta ishlash sanoati — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatii.s.ning toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hozirgi Oltiariq) neft zavodi 1904 yilda ishga tushirilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959 yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996 yilda qurib bitkazildi. 1997 yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000 yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur zavod surkov moylari va yonilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa yonilgʻi yoʻnalishida.

Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi. Neftni qayta ishlash sanoatii.s. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada, ayniqsa, rivojlangan (yana q. Yoqilgʻi sanoati, Neft sanoati).

Abdurahim Ortiqov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil