Minnesota
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
|
Shtat laqabi: | |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Saint Paul | ||||
| Eng yirik shaharlar | Minneapolis Saint Paul Rochester | ||||
| Maydon • Butun |
AQSh: 12-oʻrinda 225,171 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 21-oʻrinda 5,132,799 | ||||
| YIM |
AQSh: 17-oʻrinda $223,822 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana |
32-boʻlib 11-may 1858 | ||||
| Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
| Qisqartma | MN [27] | ||||
| Shtat guli | Pink and white lady's slipper | ||||
| Shtat daraxti | Red Pine | ||||
Minnesota – AQShning shimoliy qismidagi shtat. Maydoni - 218,6 ming km². Aholisi - 5,01 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Sent-Pol shahri. Buyuk koʻllardan gʻarbda joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik. Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10—15°, iyulniki 17—22°. Yillik yogʻin 700 mm gacha. Asosiy daryosi — Missisipi. Shimoli-sharqida igna bargli oʻrmonlar saqlangan; 10 mingdan ortiq koʻl bor. Temir rudasi (mamlakatda olinadigan rudaning 60%) qazib olinadi. Yetakchi sanoat tarmoqlari: qora metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, vagonsozlik va kemasozlik). Harbiy, koʻnteri, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Sent-Pol, Minneapolis, Dulut-Syupirior. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik (sut-goʻsht chorvachiligi) rivojlangan. Shtat sariyogʻ, quruq sut, pishloq ishlab chiqarish, kurka goʻshti yetishtirish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bugʻdoy, makka-joʻxori, lavlagi, dukkakliklar, zigʻir ekiladi. Koʻllar va Missisipi da-ryosida kema qatnaydi. Porti — Dulut-Syupirior.[1]
Minnesota - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Saint Paul shahri. AQSh ittifogʻiga 11-may 1858-yilda kirgan, undan oldin - Minnesota Territory.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |