Ayova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Flag of the United States.svg Ayova
Iowa
Flag of the United States.svg
Ayova bayrogʻi Ayova tamgʻasi
Ayova bayrogʻi Ayova tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Hawkeye State)

Iowa in United States.svg
Poytaxt Des Moines
Eng yirik shaharlar Des Moines
Cedar Rapids
Davenport
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 26-oʻrinda

145,743 km²
0.71 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 30-oʻrinda

2,966,334
20.22 kishi/km²
4
6

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 29-oʻrinda

$111,114 mil.
$37,629

Ittifoqqa kirish

   - Sana

29-boʻlib

28 dekabr 1846

Vaqt UTC-6 (CST)
Qisqartma IN [18]
Shtat guli Wild Prairie Rose

(Rosa arkansana)

Shtat daraxti Oak

(Quercus)

AyovaAQShning O‘rta G‘arbidagi shtat. Maydoni 146 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Ma’muriy markazi — De-Moyn shahri "Makkajo‘xori mintaqasi"ning markazi. Ayova mahsuloti qiymatiga ko‘ra AQShda (Kaliforniyadan so‘ng) 2-o‘rinda turadi. Tabiiy sha-roiti qulay. Missisipi va Missuri daryolarining pastroq (400—500 m) te-kis suvayirg‘ichida joylashgan. Partov yerlar kam. Iqlimi mo‘’tadil kontinental, yog‘inning yarmidan ko‘prog‘i (yili-ga 700–1000 mm) ko‘klam-yoz oylarida yog‘adi, tuproqlari unumdor qora-tuproq va qoramtir tuproq. Ayova rivojlangan. Shtat hududining 70% ekinzor, 11% yaylov, 7% ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ekin maydonining ko‘p qismi yem-xashak ekinlari: makkajo‘xori (48-50%), suli (25-26%), o‘tlar (15—16%) bilan band. Lo-viya ko‘p ekiladi. Ayova tovar mahsuloti qiymatining 80% chorvachiliqsan kela-di; qoramol, cho‘chqa bo‘rdoqiga boqiladi. Ayova yaxshi mexanizatsiyalashgan. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari va bir oz ko‘mir qazib chiqariladi. Ish-lab beruvchi sanoat tarmoqlaridan, aso-san, oziq-ovqat sanoati, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinalari va inventarlari ishlab chiqarish ri-vojlangan. 2-jahon urushidan so‘ng Ayovada bir qancha harbiy sanoat korxonalari qurildi (Davenport, Dubyuk va boshqa port-larda). Missisipi va Missuri daryolarida kema qatnaydi. Transport yo‘llari yaxshi rivojlangan. Ayovada makkajo‘xori seleksiyasi tadqiqot instituti bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil