Helsinki
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Helsinki | |
|---|---|
| respublika ahamiyatiga ega shahar | |
|
| |
| 60°10′15″N 24°56′15″E / 60.17083°N 24.93750°E | |
| Mamlakat | Finlandiya |
| Hukumat | |
| Asos solingan | 1550-yil |
| Avvalgi nomlari | Gel'singfors |
| Maydon | 2,138 km2 (825 kv mi) |
| Rasmiy til(lar)i | Fin tili, Shved tili |
| Aholisi (2021) |
658 864 |
| Zichligi | 3071 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
| Telefon kodi | +358 9 |
|
| |
Helsinki, (Helsingfors) - Finlandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi – 551,1 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqtisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Institutlar, Musiqa akademiyasi, opera va milliy teatrlar, milliy, shahar, badiiy, tarix-etnografiya muzeylari, zoologiya va botanika bogʻlari, yirik konsert zallari bor. Metropoliten qurilgan.
Helsinkiga 1550-yilda VantaYoki daryosining quyilish joyida asos solingan va dastlab Gamelstat deb atalgan. Finlandiya Rossiyaga qoʻshib olinib (1809) Buyuk Finlandiya knyazligi tuzilgach, 1812-yilda mamlakat poytaxti Turku (Abo) shahridan Helsinkiga koʻchirildi. 1917-yil dekabrda mamlakat mustakllligi eʼlon kilingach, Helsinki Finlandiya Respublikasi poytaxti. Helsinkida xalqaro uchrashuv, sʼyezd, konferensiya va kengashlar boʻlib oʻtadi, Jahon Tinchlik kengashi kotibiyati joylashgan.
Helsinki — zamonaviy shahar. Shahar markazida Shved teatri binosi, Sokos univermagi, Parlament binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, universitet binosi, prezident saroyi, ratusha, Shahar dumasi uyi va boshqa saqlangan. Helsinki — turizm markazi.
Helsinki (fincha:Helsinki; shved. Helsingfors) — Finlandiyaning poytaxti va katta shahri. Mamlakatning janubida, Fin koʻrfazi qirgʻogʻida joylashgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Helsinki sharining rasmiy vebsayti (Wayback Machine saytida 2010-05-23 sanasida arxivlangan) (ingl.) (olm.) (frans.) (rus.) (isp.) (turk.)
- Helsinki sharining suratlari
| Vikiomborda „Helsinki“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |