Kontent qismiga oʻtish

Termiziy maqbarasi

Koordinatalari: 37°40′33″N 67°04′46″E / 37.67575°N 67.07931°E / 37.67575; 67.07931
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Temiziy maqbarasi

Abu Iso Muhammad Termiziy maqbarasi
Muqobil nomlari Hakim at-Termiziy maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi maqbara
Joylashuvi Sherobod tumani
Manzili Surxondaryo viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 37°40′33″N 67°04′46″E / 37.67575°N 67.07931°E / 37.67575; 67.07931[1]
Qurilishi boshlangan XI asr
Qurilishi tugagan XV asr
Termiziy maqbarasi

Termiziy maqbarasi, Abu Iso Termiziy maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumani joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1112-asrlar). Maqbara mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan[2][3].

At-Termiziy maqbarasi Hakim at-Termiziy majmuasi tarkibiga kiradi. Bu mabaradan tashqari majmuada masjid, xonaqoh, qorixona kabi binolar mavjud. Mazkur majmua yillar davomida bir necha bor qayta tiklangan.

Maqbaraning sharqiy devor qismiga tutash tarzda qorixona bunyod etilgan. Shuningdek, maqbara yaqinida Hakim at-Termiziyning oʻgʻli al-Hakim Abdulloh maqbarasi X asrda barpo etilgan. XI-XII asrlarda esa uch gumbazli namozgoh masjid ham qurilgan.

Temuriylar hukmronlik davrida (XV asr) xonaqoh bir yarim metrlik qilib pishiq gʻishtdan qayta qurilgan. Unga tutash xonalar esa qayta taʼmirlangan. Masjidning gʻarbiy qismida joylashgan mehrob ayni shu davrda bunyod etilgan.

Maqbarada asosiy taʼmirlash ishlari Abdullaxon hukmronlik yillari (1583—1598-yillar) amalga oshirilgan. Hovli hududida yangi toʻqqiz gumbazli masjid qurilgan. Shuningdek kirish qismiga soddagina ayvon ham oʻrnatilgan. Janubdan kiraverish qismiga yana bir kichik maqbara va ziyoratgoh bunyod etilgan. Shuningdek, bu maqbara ravoqli boʻlmalar orqali at-Termiziy maqbarasi va xonaqoh bilan oʻzaro bogʻlangan[4].

Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali oʻtuvchi 4 xona (boʻlma) dan iborat yaxlit bino koʻrinishida, xonalar tarhi 4,3 x 4,5 metrni tashkil etadi. Shimoli-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik toʻsib qoʻyilgan. 3 xonali boʻlma murabba tarhli, ulardan janubdagisi goʻrxona hisoblanadi. Unda marmar sagʻana bor. Sagʻana 3 pogʻonali, muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Goʻrxonadan tor uzun yoʻlka orqali xonaqohga oʻtiladi. Xonaqoh poli goʻrxonaga nisbatan pastroq boʻlib, ular oraligʻi keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli, mehrobli qilib jihozlangan. Yonidagi 2 xonadan shimoli-sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi 3 ayvon gumbazli, qalqonsimon bagʻalli, devorlariga 4 ravoq ishlangan, pishiq gʻishtdan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganchkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 gʻishtin ravoqli namoyonlar ishlangan. Tobadonlariga oq ganchdan panjaralar oʻrnatilgan. Ravoqlari gʻisht qalinligida hoshiyalangan. Termiziy maqbarasi bosh tarzini kichik koʻshksimon gumbazli qurilma egallagan[5].

Oʻrganilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik haqida ilk bor D. N. Logofet yoʻl ocherklarida tilga olgan. 1945-yil V. L. Voronina meʼmoriy oʻlchamlarini bajargan.

Hakim at-Termiziy maqbarasida 19551957-yillar davomida ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. natijada uning XIV-XV asrlarga xos boʻlgan holati qayta tiklangan[4].

Taʼmirlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19801981-yillar oraligʻida maqbara taʼmirlangan. 20012002-yillar davomida esa maqbara va xonaqoh qismlari toʻliq qayta jihozlangan. Maqbaradagi marmar qabrtosh Termiz muzey qoʻriqxonasiga koʻchirib oʻtkazilgan. Uning oʻrniga zamonaviy ustalar tomonidan avvalgi qabrtoshiga oʻxshash boʻlgan nusxasi yasab, oʻrnatilgan[4].

Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Sagʻanasi va ganchkori panjaralari qayta oʻrnatildi.

  1. „Abu Iso Muhammad at-Termiziy maqbarasi“. google maps. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Abu Iso Termiziy maqbarasi“. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. Qo'zimurodov, Jonibek. „Imom Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohidan fotoreportaj“. SURXONDARYO VILOYATI STATISTIKA BOSHQARMASI. uza (2022-yil 16-avgust). 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 08-2023.
  4. 4,0 4,1 4,2 F.Abduxolikov; A.Hakimov; B.Abduhalimov; B.Bobojonov; A.Mansurov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar: Surxondaryo, Kolor Pak MCHJ, Toshkent: Uzbekistan today, 2015-yil — 53-56-bet. ISBN 978-9943-4509-6-7. 
  5. „Termiziy maqbarasi“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil