Kontent qismiga oʻtish

Portal:Turkmaniston

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Turkmaniston portali

Turkmanlar

Turkmaniston (turkmancha: Türkmenistan), Turkmenistan Markaziy Osiyoda arab davlatlari kabi neft va gaz hisobiga rivojlanayotgan davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Armiyasi markaziy Osiyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Mamlakatda haliyam maktablar, maktab kitoblari va Harbiy-xizmat bepul. Hozir maydoni 491.200 km². Tez boyib va rivojlanayotgan davlatlardan biri. YIM (XQT) 2024-yil roʼyxati boyicha-AQSh$- 1,01 trln dollar.Jon boshiga AQSh$- 15 285 dollar.Pul birligi — Manat.Ayni paytda 1,00 Manat-3,5 dollarga($) (4000-5000 som)-ga teng. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. 2015-yilda Turkmaniston oʼzining TurkmenAlem nomli zamonavi sputnigini uchurdi, va u haliyam yuqori xizmat koʻrsatib kelmoqda. Mamlakat aholisi 7 millionni tashkil etadi.

Turkmanstonda yashovchi oʻzbeklarning bergan maʼlumotlariga koʻra hozir u yerda : Harbiy xizmat, maktablar va maktaip kitoblari bepul. O'rtacha oylik maoshi 2400 Manat .1 litr benzin va salyarka narxi 2 manatga yetmaydi. Elektr tokiga bir oyda oʻrtacha 10 , gazga 15 Manat tolashadi.1 kg goʻsht narxi oʻrtacha 50 manat. WiFi toʻlovlari bir oʻyiga 50 manat. Har yili oylik maoshlar, pensiya, stipendiyalar 10% koʻpayib bormoqda. (2025-yil malumotlariga kora)

Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi boʻlgan. 1881-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olingan Turkmaniston keyinchalik Oʻrta Osiyoda boshqa davlatlar kabi bolsheviklarga qarshi harakat qildi. Turmanistonni bosib olish ruslarga juda kimmatga tushgan. Turkmanlar Rus qoʻshinlariga juda katda talofat yetgazgan. 1925-yilda Turkmaniston Sovet Ittifoqining tarkibiy respublikasi, Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkmaniston SSR) ga aylandi; 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi.

Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Birgina tabiiy gazni quvurlar orqali eksport qilishdan oʻyiga milliardlab dollar daromad koʻradi. Mamlakatning katta qismini Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy gazni bepul olishgan.hozir ham judayam arzon olishadi.

Suveren Turkmaniston davlatini Prezident S.N 2006-yilda vafotigacha umrbod boshqargan. Keyin Gurbanguli 2007-yilda prezident etib saylangan (u ilgari vitse-prezident, keyin prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan). 2022-yil 12-martda oʻtkazilgan saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Sardor Berdimuhamedov 72.97% ovoz olib, prezidentlikka saylandi. (Full article...)

Tanlangan maqola - boshqalarini koʻrsat

Axal viloyati (sobiq Ashxobod viloyati) – Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1973-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 95,4 ming km². Aholisi 875 ming kishidan ziyod (1997; Ashxobod shahri aholisisiz), asosan turkmanlar, shuningdek ruslar, oʻzbeklar, ukrainlar, ba-lujlar va boshqa yashaydi. Shaharliklar 62%. Axal viloyatida 9 tuman, 3 shahar va 13 shaharcha bor. Markazi – Ashxobod shahri Viloyatning kattagina qismini Qoraqum (hududining 90%dan ziyodi) egallagan, janubida Kopetdogʻ togʻlari joylashgan. Foydali qazilmalari: tabiiy gaz (Markaziy Qoraqum gazli rayoni) va mineral qurilish materiallari (sement xom ashyosi, ohaktosh, qumoq, dolomit, qurilish qumi va tosh). Iqdimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 0,2°, iyulniki 30,9°. Yiliga 140 mm dan (Qoraqumda) 250 mm gacha (Kopetdogʻ togʻlarida) yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi – Tajan, shuningdek sugʻorishda foydalaniladigan kichik soylar bor. Viloyat hududidan Qoraqum kanaloʻ oʻtadi. 6 suv ombori qurilgan; eng yiriklari: 1-Tajan, 2-Tajan, Xor-Xor va Kopetdogʻ. Sur tuproq, taqirsimon, oʻtloq va choʻl qumloq tuproqlar tarqalgan. Bu-ta-efemer oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlar viloyat hududining 0,04% ni egallaydi (asosan Kopetdogʻ togʻlarida va Tajan daryosi vodiysida).Axal viloyatida ishlov beruvchi sanoat, sabza-votchilik, polizchilik va tokchilik yetakchi oʻrinda. Energetikasi Mari GRES va Buzmayin GRESdan keladigan energiya va tabiiy gazda ishlaydi. Sanoatining asosiy tarmogʻi – yengil sanoat (paxta tozalash va ip gazlama). Poyabzal, tikuvchilik, gilam toʻqish, ipak yigiruv va trikotaj fabrikalari bor. Oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati (gʻisht, sement, temir-beton buyumlar, shisha va boshqa ishlab chiqarish), mashinasozlik (shu jumladan neft va elektrotexnika) va metall-sozlik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Ashxobod, Tajan, Buzmayin.Axal viloyati paxta, sabzavot, poliz ekinlari, uzum yetishtirish va bogʻdorchilikka ixtisoslashgan. Chorvachilikda sut-goʻsht yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Axal viloyati hududidan Oʻrta 811Osiyo temir yoʻl oʻtgan, avtomobil yoʻllari bor. Ashxobodda aeroport mavjud. (koʻproq)


Vikiloyihalar

Aloqador portallar

Yaratilishi kerak

Asosiy suratlar

Quyida Vikipediyadagi Turkmanistonga tegishli turli maqolalardan olingan rasmlar keltirilgan.

Turkumlar

Mavzular


Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.