Xorvatiya — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorvatiya — Turkmaniston munosabatlari

Xorvatiya

Turkmaniston

Xorvatiya — Turkmaniston munosabatlari — Xorvatiya va Turkmaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1996-yilda oʻrnatilgan. Ikkala mamlakat ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMTning toʻlaqonli aʼzolari. Hech qaysi mamlakatda doimiy elchi mavjud emas.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diplomatik aloqalar 1996-yil 2-iyulda oʻrnatilgan boʻlib, davlatlar orasida qoʻshma shartnoma imzolangan[1].

Siyosiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki mamlakat oʻrtasidagi faol hamkorlik 2007-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 62-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan yigʻinda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Xorvatiya Prezidenti Stjepan Mesichning uchrashuvidan soʻng jadallashdi. Ikki mamlakat oʻrtasida eng yuqori darajadagi muloqot ikki mamlakat prezidentlarining 2008-yil aprel oyida NATO sammiti boʻlib oʻtgan Buxarestdagi uchrashuvi davomida davom ettirildi. Xorvatiya Respublikasi Prezidenti Stefan Mesichning Turkmanistonga rasmiy tashrifi 2008-yil iyul oyida amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Xorvatiya Respublikasiga rasmiy tashrifi 2009-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi. 2014-yil aprel oyida Xoravtiya prezidenti Ivo Josipovic Turkmanistonga davlat tashrifi bilan keldi.

Diplomatik vakolatxonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiya Turkmaniston bilan Anqaradagi elchixonasi orqali aloqa qiladi.

Iqtisodiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Diplomatic relations (Wayback Machine saytida 2014-06-06 sanasida arxivlangan)