Shveysariya — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shveysariya — Turkmaniston munosabatlari

Shveysariya

Turkmaniston

Shveysariya — Turkmaniston munosabatlari — Turkmaniston va Shveysariya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar. Ikkala mamlakat ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMTning toʻla-toʻkis aʼzolari, shuningdek, betaraflik siyosatiga rioya qilishadi[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston Shveysariya bilan 1992-yil 8-mayda diplomatik aloqalarni oʻrnatgan.

2008-yilda investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim imzolangan.

2011-yil 11-apreldan boshlab Turkmanistonning Shveysariyadagi elchixonasi, shuningdek, Jenevada BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi oʻz faoliyatlarini amalga oshirib kelishmoqda[2].

Shveysariyaning Ozarbayjonda Turkmaniston uchun ham qoʻllaniladigan elchixonasi bor[3].

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta Shveysariyaga 2012-yil 8-oktabrda tashrif buyurgan[4][5][6]. Turkmaniston va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasida daromad va kapital soliqlariga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortilmaslik toʻgʻrisidagi konvensiya, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va Shveysariya Federal tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi IMO va Jeneva xavfsizlik siyosati markazi oʻrtasida, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi va Shveysariya-Rossiya/MDH qoʻshma savdo palatasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan[7].

2014-yil 20-noyabrda Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Dide Burkxalter amaliy tashrif bilan Turkmanistonga kelgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bilateral relations between Switzerland and Turkmenistan
  2. Туркменистан открывает посольство в Швейцарии
  3. Embassy of Switzerland to the Republic of Azerbaijan and Turkmenistan
  4. Туркменистан-Швейцария: на пороге нового этапа сотрудничества, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-02
  5. Official visit by Turkmen President to Switzerland
  6. Открыта новая глава в истории туркмено-швейцарских отношений, 2015-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-02
  7. В Берне прошли туркмено-швейцарские переговоры на высшем уровне
  8. Переговоры Президента Туркменистана и Президента Швейцарской Конфедерации, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-02