Belarus–Turkmaniston munosabatlari
![]() | |
![]() Belarus |
![]() Turkmaniston |
Belarus — Turkmaniston munosabatlari — Belarus va Turkmaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ashxobodda Belarusning, Minskda Turkmanistonning elchixonasi bor[1]. Ikkala mamlakat ham BMT va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining toʻlaqonli aʼzolaridir. Ayni paytda Turkmanistonning Belarusdagi elchisi Murod Yazberdiyevdir[2]. Belarusning Turkmanistondagi elchisi Oleg Tabanyuhovdir[3].
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Diplomatik munosabatlar 1993-yil 21-yanvarda oʻrnatilgan.
Turkmaniston elchixonasi 1995-yil oktabr oyida Minskda ochilgan boʻlib, birinchi elchi Ilya Veljanov boʻlgan. Belarusning Turkmanistondagi elchixonasi 2002-yilda ochilgan.
Ikki davlat vakillari turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga soluvchi 31 dan ortiq davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo shartnomalarni imzolaganlar. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko toʻrt marta Turkmanistonga tashrif buyurdi (2002-yil mayda Belarus Prezidentining Turkmanistonga birinchi[4], 2009-yil iyunda — ikkinchi, 2011-yil aprelda — uchinchi[5], 2013-yil noyabrda — toʻrtinchi rasmiy tashrifi amalga oshirildi[6].)
2010-yil yanvar oyida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Belarusga rasmiy tashrifni amalga oshirdi[7].
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida doimiy aloqalar, xalqaro tashkilotlarda ham hamkorlik mavjud.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi 300 million dollardan oshdi[8].
Minskda Turkmaniston-Belarus savdo uyi[9], mos ravishda Ashxobodda Belarus-Turkmaniston savdo uyi mavjud[10].
Madaniy hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkala mamlakatda ham qoʻshma koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari, Belarus universitetlarida 7400 turkman talabasi tahsil oladi[11].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „История Посольства Республики Беларусь в Туркменистане“. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil.
- ↑ Super User. „Diplomatic missions and consular offices of Turkmenistan abroad“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-04).
- ↑ „Homepage“. 14-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-10-14).
- ↑ Belarus and Turkmenistan have great cooperation potential, Alexander Lukashenko says Wayback Machine saytida arxivlandi (6-noyabr 2013-yil).
- ↑ Александр Лукашенко совершит официальный визит в Туркменистан Wayback Machine saytida arxivlandi (5-noyabr 2013-yil).
- ↑ „Туркменистан: золотой век“. 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2018-06-12).
- ↑ Turkmenistan President offers joint projects to Belarus Wayback Machine saytida arxivlandi (6-noyabr 2013-yil).
- ↑ „Belarus and CIS countries and Georgia“. 24-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2020-05-24).
- ↑ „Туркмено-Белорусский Торговый дом СООО“. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil.
- ↑ belta. „Сайт Министерства торговли Республики Беларусь - ХО «Белорусско-Туркменский Торговый дом»“. 16-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil.
- ↑ Туркменских студентов привлекает качество образования в Беларуси - Язбердиев Wayback Machine saytida arxivlandi (7-noyabr 2013-yil).
|