Ozarbayjon — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ozarbayjon — Turkmaniston munosabatlari
Azerbaijan Turkmenistan Locator (cropped).png

Ozarbayjon

Turkmaniston

Ozarbayjon — Turkmaniston munosabatlari — Ozarbayjon Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 9-iyulda oʻrnatildi[1]. Ozarbayjonning elchixonasi Ashxobod shahrida, Turkmanistonning elchixonasi Boku shahrida elchixonalar bor. Bu ikkala davlat ham EKO, MDH va Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlib, Turkiy Kengashda ham faol hamkorlik qilmoqdalar. Mamlakatlar chuqur tarixiy va madaniy ildizlarga ega[2].

Taxminan 36,000 (1995) ozarbayjonlar Turkmanistonda istiqomat qilishadi[3].

Tarixi[tahrir]

Gaz quvuri loyihasi sxemasi

Iqtsodiy aloqalar[tahrir]

Nabucco[tahrir]

Nabukko — Turkmaniston va Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, birinchi navbatda Avstriya va Germaniyaga 3300 km uzunlikdagi rejalashtirilgan gaz quvuri[4]. Loyihaviy quvvati — yiliga 26-32 milliard kubometr gaz. Loyihaning taxminiy qiymati 7,9 milliard evro boʻlib, uni tayyorlash 2002 yildan beri davom etmoqda. Qurilish ishlari 2011-yilda boshlanib, 2014-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi[5].

Diplomatik vakolatxonalar[tahrir]

Ozarbayjonning Turkmanistondagi elchisi Vahdet Mamagaga oʻgʻli Sultonzoda[6]. Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchisi Toyli Babayevich Komekov[7].

Turkmanistonning Bokudagi elchixonasi[tahrir]

Turkmaniston Prezidentining 1999-yil 4-maydagi farmoniga binoan Ozarbayjondagi (Boku) Turkmaniston elchixonasi ochilgan. 2001-yil 4-iyunda Turkmaniston Ozarbayjondan Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor elchisining qarorgohi Ozarbayjondan Ashxobodga vaqtincha koʻchirilishi toʻgʻrisida rasmiy ravishda xabar qildi. Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yopildi, rasmiy sabab sifatida moliyaviy qiyinchiliklar koʻrsatildi.

2008-yilda Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchixonasi qayta ochildi.

2017-yil iyun oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mekan Ishankuliev boshqarib kelmoqda.

Ozarbayjonning Turkmnistondagi elchixonasi[tahrir]

Ozarbayjonning Turkmanistondagi elchixonasi 2002-yil 25-dekabrda ochilgan.

2015-yildan beri elchixonani Ozarbayjonning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Sultan oʻgʻli Zeynalov boshqarib kelmoqda.

Transport aloqasi[tahrir]

Ikkita poytaxt Lufthansa aviakompaniyasining Ashxaboddan Bokuga parvozi bilan bogʻlangan. 1963-yilda ochilgan Boku-Turkmanboshi parom xizmati ham ishlaydi. Paromlar temir yoʻl va temir yoʻl avtomobillari boʻlib, nafaqat poezdlarni, balki vagonlarni, shuningdek yoʻlovchilarni ham tashiydi.

Manbalar[tahrir]