Qoʻsh (uslub)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻsh, muqobila (qarama-qarshi, oʻzaro monand) — mahalliy meʼmorlik tarixida majmua yaratish uslubi; 14-asrdan Oʻrta Osiyoda keng qoʻllaniladi. Q. uslubida bunyod etiladigan maj-muada 2 bino bosh tarzlari bilan bir-biriga roʻbaroʻ quriladi: Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro va Sulton Ali maqbaralari; Samarqand Regms/lonidagi Ulugʻbek va Sherdor mad-rasalari va boshqa Samarqanddagi Bibixo-nim ulkan meʼmoriy majmuasidagi Amir Temur jome masjidi va Bibixonim madrasasi 13991404 yillarda qurilgan; Buxorodagi Ulugʻbek va Ab-dulazizxon madrasalari mos ravishda 1417 va 1652 yillarda bunyod etilgan va boshqa Q. uslubida majmualar tuzish Oʻrta Osiyo meʼmorligi (shaharsozligi)da katta badiiy mujassamot ahamiyatiga ega boʻlgan.