Kontent qismiga oʻtish

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroport

Koordinatalari: 44°49′10″N 20°18′25″E / 44.81944°N 20.30694°E / 44.81944; 20.30694
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroport
Аеродром Никола Тесла Београд
Aerodrom Nikola Tesla Beograd
IATA kodi: BEGICAO kodi: LYBE
Qisqacha bayon
Aeroport turi Xalqaro
Egasi Serbiya hukumati
Operator VINCI Airports Serbia d.o.o.[1]
Xizmat doirasi Belgrad
Joylashuvi Belgrad, Serbiya
Havo yoʻli tuguni Air Serbia
Dengiz sathidan balandligi 336 ft / 102 m
Koordinatalari 44°49′10″N 20°18′25″E / 44.81944°N 20.30694°E / 44.81944; 20.30694
Vebsayti beg.aero
Xarita
BEG/LYBE (Serbiya)
BEG/LYBE
Aeroportning Serbiya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
12L/30R 3,400 11,155 Asfalt
12R/30L 3,500 11,483 Asfalt
Maʻlumotlar (2024)
Yoʻlovchilar soni 8,367,931 5,3%
Parvozlar soni 86,121 3,4%
Yuk tonnaji N/A
Manba: Vinci Airports Press Release[2]
Aeroport koʻrinishi, 2019-yil

Nikola Tesla nomidagi Belgrad xalqaro aeroporti (serbcha: Међународни аеродром Никола Тесла Београд) (IATA: BEGICAO: LYBE) – Serbiya poytaxti Belgrad shahridagi xalqaro aeroport boʻlib, Belgrad aeroporti (serbcha: Аеродром Београд / Aerodrom Beograd) yoki Surchin aeroporti (serbcha: Аеродром Сурчин / Aerodrom Surčin) nomi bilan ham tanilgan[3][4]. 2006-yilda Nikola Tesla sharafiga nomlandi. Serbiyaning eng yirik va eng gavjum aeroporti Belgradning yotoq hududidan 18 km gʻarbda, Surchin munitsipaliteti hududida, Srem geografik mintaqasining unumdor yerlari bilan oʻralgan hududda joylashgan.

Aeroport mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi – Air Serbia uchun aviahab vazifasini bajaradi, loukoster Wizz Air uchun asosiy aerodromlardan biri hamda Air Pink, Eagle Express va Prince Aviation kompaniyalari tomonidan aviataksi xizmatlari uchun ham foydalaniladi. Aeroport „Aerodrom Nikola Tesla Beograd“ davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Aeroport Yevropadan (shu jumladan Rossiyadan) reyslarni qabul qiladi. Sharqdan uchayotgan yoʻlovchilar Belgrad shahri markazini (xususan, Novi Beograd tumani va Chukaritsa munitsipalitetini) koʻradi. Ilgari, yomon ob-havo sharoitida parvozlar Nishga yoʻnaltirilgan.

Dastlabki aerodromlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgradning ilk aerodromi 1910-yil Banitsa yaqinida ochilgan. Serbiya aviatsiyasining kashshoflari – Simon, Maslenikov, Vidmar va Chermaklar oʻzining parvoz sinovlarini oʻtkazgan. 1912-yilda Serbiya harbiy-havo kuchlari ehtiyojlari uchun yogʻoch angar qurilgan: oʻsha paytda Serbiya harbiy-havo kuchlari Turkiyaga qarshi urushda qatnashgan. 1914-yilda Banitsa aerodromi Serbiya harbiy-havo kuchlari eskadroni va aerostat uchun bazaga aylandi. Urush tugagandan soʻng, aerodromdan Novi Sad – Belgrad – Nish – Skopye hamda Belgrad – Sarayevo – Mostar yoʻnalishlari boʻylab aviapochta uchun foydalanilgan[5]. 1911-yilda Kalemegdan qal’asining quyi qismida yana bir aerodrom ochildi, u yerda hozir Belgrad planetariumi joylashgan[5].

Panchevodagi aerodrom

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yilda Belgrad shimoli-sharqidagi Panchevoda yangi aerodrom ishga tushdi. Oʻsha vaqtda Fransiyaning CFRNA aviakompaniyasi Belgrad orqali Parij – Istanbul xalqaro reyslarini amalga oshirdi. Xuddi shu yili aeroportda aviapochta ishlay boshladi. Bundan tashqari, Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi harbiy-havo kuchlari akademiyasi tomonidan foydalanilgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, aerodrom Yugoslaviya harbiy-havo kuchlari tasarrufiga oʻtdi, soʻngra shtab-kvartirasi Zemundan Panchevoga koʻchirilgandan soʻng UTVA kompaniyasiga oʻtdi[5].

Doyno-Poledagi aerodrom (Yangi Belgrad)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panchevo Belgraddan ancha uzoqda joylashganligi va Dunay daryosini kesib oʻtish kerakligi sababli, Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi rasmiylari shaharga yaqinroq boʻlgan yangi aerodrom qurishga qaror qildi. Yangi aerodrom Sava daryosi boʻyida, hozirgi Novi-Beograd (Yangi Belgrad) tumanida hududi joylashtirilishi rejalashtirilgan. 1927-yil 25-mart kuni Belgrad xalqaro aeroporti yoki Doyne-Pole aeroporti ochilgan. 1928-yil fevral oyidan boshlab Aeroput mintaqaviy kompaniyasi samolyotlarida muntazam parvozlar amalga oshirila boshlandi. Aeroportda uzunligi 1100 m dan 2900 m gacha boʻlgan toʻrtta uzun uchish-qoʻnish yoʻlagini boʻlgan. Aeroportning temir-beton angarini serb olimi Milutin Milankovich loyihalashtirgan. Zamonaviy terminal 1931-yilda ochilgan va 1936-yilda yomon koʻrinishda foydalanish uchun qoʻnish chiroqlari oʻrnatilgan[5].

Urushdan oldingi yillarda ushbu aerodrom koʻplab havo poygalari, shu jumladan Shlezinger Afrika aviapoygalari nazorat nuqtasi vazifasini bajargan[6]. Aeroput, Air France, Deutsche Luft Hansa, KLM, Imperial Airways hamda Italiya, Avstriya, Vengriya, Ruminiya va Polshaning yetakchi aviakompaniyalarining samolyotlari bu yerga qoʻngan va havoga koʻtarilgan. 1941-yil aprel oyida nemislar Yugoslaviyani bosib oldi va aerodromni egallab, uni Luftwaffe uchun bazaga aylantirgan. 1944-yilda aerodrom Gʻarbiy ittifoqchilar tomonidan bombardimon qilindi va Sovet qoʻshinlarining Belgradga hujumi paytida nemislar qolgan binolarni portlatib yuborgan. 1944-yil oktyabr oyida aerodrom Sovet va Yugoslaviya kuchlari saʼy-harakati bilan tiklandi va urush oxirigacha u SSSR va Yugoslaviya tomonidan aviatsiya xizmatlarini yetkazib berish va texnik xizmat koʻrsatish uchun ishlatilgan[5].

1945-yil oxiridan boshlab Yugoslaviya harbiy-havo kuchlarining fuqarolik va yuk samolyotlari aerodromdan ucha boshladi. 1947-yil boshida Jat Airways va JUSTA Belgrad aerodromidan foydalangan holda mintaqaviy va xalqaro reyslarni amalga oshira boshladi va 1948-yildan boshlab Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan Belgradga muntazam reyslar tiklandi[5]. Yoʻlovchilar oqimining oʻsishi va yoʻlovchi tashishning yangi davrining boshlanishi munosabati bilan fuqarolik aeroportini kengaytirish zarurati tugʻildi va shu bilan birga, bu yerda Belgradning yangi tumani – Novi-Beogradni qurish rejasi taqdim etildi. Davlat xizmatchilari Belgradning gʻarbiy qismida, Surchin munitsipaliteti hududida, xuddi shu nomdagi markaz yaqinida yangi aeroport qurishga qaror qildi. Eski aeroportdan oxirgi parvoz 1964-yilda amalga oshirilgan[7].

Surchindagi aeroporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1960-yillarda aeroport qurilishi

Yangi aeroportning qurilish maydoni sifatida Belgrad markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan Surchin platosi tanlagan[7]. Loyihani ishlab chiquvchilarning alohida qarashlari tufayli aeroportni qurish uchun ikkita shartni bajarilishi talab etilgan: qurilish maydonchasi navigatsiya, meteorologik, qurilish, texnik va transport talablari uchun ideal boʻlgan va uzoq muddatli aeroportga texnik xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar mavjud boʻlgan. 1958-yil apreldan 1962-yil 28-aprelgacha qurilish ishlari olib borildi va qurilish tugallangan kuni SFRY prezidenti Josip Broz Tito aeroportning tantanali ochilish marosimini oʻtkazdi[7]. 3000 m uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi, parallel taksi yoʻlagi va 16 samolyot uchun beton platformalar qurildi. Yoʻlovchi terminalining maydoni 8 ming m² ni tashkil etdi. Shuningdek, yuk omborlari, boshqaruv minorali texnik blok va yordamchi binolar qurildi. Zamonaviy navigatsiya uskunalarini oʻrnatish aeroportga ICAOning barcha talablariga javob berishga va undan eng yuqori tasnifni olishga yordam berdi[8].

1990-yillarda BMTning xalqaro sanksiyalari tufayli aeroport faoliyatini qariyb toʻxtatdi: sanksiyalar reyslarga ham tegishli boʻlgan. Yoʻlovchilar oqimi minimal darajaga tushdi, koʻplab binolarni taʼmirtalab holatga keldi. 2001-yilda, hukumat oʻzgargandan soʻng, parvozlar qayta tiklandi va yana bir necha yil oʻtgach, ikkinchi terminalni rekonstruktsiya qilish boshlandi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi 2005-yilda modernizatsiyadan soʻng IIIb toifasini oldi – bu eng yuqori toifa boʻlib, qalin tuman va kuchli yomgʻir sharoitida samolyotlarning qoʻnish xavfsizligini tasdiqlaydi. 2006-yilda aeroportga jahonga mashhur olim Nikola Tesla nomi berildi[9]. 2010-yilda yangi boshqaruv markazi qurib bitkazildi va 2011-yilda aeroport aksiyalari birinchi marta Belgrad fond birjasiga qoʻyildi.

Bugungi kunda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda aeroportni modernizatsiya qilish va kengaytirish, xususan, A va C darvozalari va tranzit hududlarida ishlar boshlandi. Maydoni yana 2750 m² ga kengaytirildi, A va C darvozalarida teleskopik traplar almashtirildi. 2018-yil oxiriga qadar yangi boshqaruv minorasi qurilishini yakunlash rejalashtirilgan: avvalgisi 1962-yilda qurilgan[10]. Kelgusida ikkinchi terminalda yana toʻrtta trap oʻrnatish va maydonni 17 000 m² ga kengaytirish rejalashtirilgan[11]. 2018-yil yanvar oyida Serbiya hukumati aeroportni boshqarish uchun Fransiyaning Vinci Airports kompaniyasi bilan 501 million yevro miqdorida 25 yillik shartnoma imzolandi[12].

Ikki terminalning umumiy maydoni 33 000 m² ni tashkil qiladi. Ikkinchi terminal hajmi kattaroq, ikkalasi ham bir-biriga koridor orqali ulangan[13]. Hammasi boʻlib 66 ta nazorat punkti va 27 ta darvozasi mavjud boʻlib, ulardan 16 tasi teleskopik trap bilan jihozlangan.

1-terminal aeroport qurilishi vaqtida qurilgan. U Yugoslaviya mavjud boʻlgan davrda ichki reyslarga, Yugoslaviya parchalangach, Serbiya va Chernogoriya reyslariga xizmat qilgan. Keyinchalik loukoster aviakompaniyalar va charter aviakompaniyalar tomonidan xalqaro reyslar uchun foydalanilgan. 2016 va 2017-yillarda terminal yangilandi[14].

2-terminal 1979-yilda aeroportdagi yoʻlovchilar oqimining oʻsishi tufayli qurilgan. 5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan[15]. Terminal tarkibiga maʼmuriy idoralar, transfer stollari va boj olinmaydigan doʻkonlar kiradi. Terminal 2004—2006-yillarda (uchib kelish va ketish joylari yangilangan) va 2012—2013-yillarda (C platformasi kengaytirilgan) rekonstruksiya qilingan. 1-terminaldan yaqin kelajakda xorijiy aviakompaniyalar, 2-terminaldan esa Air Serbia va Etihad Airways Partners tomonidan foydalanilishi rejalashtirilgan[16].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi tashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2025-yil fevral holatiga koʻra, quyidagi aviakompaniyalar muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi[17]:

Aviakompaniya Manzillar
Aegean Airlines Afina[18]
Air Cairo Hurgada[19]
Air Montenegro ChernogoriyaPodgoritsa, Tivat
Air Serbia Afina[20], Amsterdam[20], Bosniya va GersegovinaBanya-luka[21], IspaniyaBarselona[22], GermaniyaBerlin[23], ItaliyaBolonya[24], BelgiyaBrussel[22], Budapesht[20], RuminiyaBuxarest–Otopeni[20], GermaniyaDüsseldorf[22], Frankfurt[22], Florensiya (2025-yil 18-apreldan qayta tiklanadi)[25], Guanchjou[26], Istanbul[22], DaniyaKopengagen[24], PolshaKrakov[24], Larnaka[20], PortugaliyaLissabon[24], SloveniyaLyublyana[22], London–Hitrou[20], FransiyaLion[24], Madrid[22], IspaniyaMalaga[27], MaltaMalta[20], Milan–Malpensa[22], Moskva–Sheremetyevo, Bosniya va GersegovinaMostar[28], Nyu-York–JFK[29], FransiyaNitsa[30], SerbiyaNish[31], GermaniyaNuremberg, NorvegiyaOslo[22], Parij–Sharl de Goll[20], ChernogoriyaPodgoritsa[32], PortugaliyaPortu[33], Praga[20], Qozon (2025-yil 3-apreldan qayta tiklanadi)[34], Rim–Fiumichino[22], GretsiyaSaloniki[22], Sankt-Peterburg, Bosniya va GersegovinaSarayevo[32], Shimoliy MakedoniyaSkopye[32], Sochi[34], BolgariyaSofiya[20], ShvetsiyaStokgolm–Arlanda[35], ShveysariyaSyurix[36], AlbaniyaTirana[32], Tivat[22], IspaniyaValensiya[37], ItaliyaVenetsiya[22], Vena[20], Zagreb (Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya )[22], AvstriyaZalsburg[22], Shanxay–Pudong[38], GermaniyaShtutgart[22], Qoʻshma ShtatlarChikago–OʻHare[39]
Mavsumiy: ItaliyaAlghero (2025-yil 10-iyundan boshlanadi)[25], Anqara[40], ItaliyaBari[24], Dubrovnik (Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya )[22], ShvetsiyaGyoteborg[22], GermaniyaHamburg[22], GermaniyaHannover[22], GretsiyaIraklion[24], Izmir[41], Kataniya[24], GretsiyaKorfu[22], GretsiyaMikonos (2025-yil 6-iyundan boshlanadi)[25], ItaliyaNeapol[41], Shimoliy MakedoniyaOhrid[24], ItaliyaPalermo[24], IspaniyaPalma de Mallorca[42], Pula (Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya )[24], GretsiyaRodos[20], Rijeka (Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya )[24], Split (Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya )[24], Varna[24], Zadar (Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya )[24], Xanya[22]
Mavsumiy charter: Antaliya[43], Bodrum[43], TurkiyaDalaman[43], Hurgada[43], GretsiyaKavala[44], GretsiyaKefalonia[43], MisrMarsa Alam[45], MisrMarsa Matruh[46], TunisMonastir, GretsiyaPreveza/Lefkada, GretsiyaSamos[43], GretsiyaSkiatos[43], GretsiyaZakintos[43], Sharm ash-Shayx[43]
AJet Anqara[47], Istanbul–Sabiha Goʻkchen[48], Izmir[49]
Arkia Tel-Aviv[50]
Austrian Airlines Vena[51]
China Southern Airlines Guanchjou[52]
easyJet ShveysariyaJeneva
Eurowings, Olmoniya bayrogʻi Olmoniya Mavsumiy: GermaniyaDüsseldorf[53]
flydubai Dubay–Xalqaro
Hainan Airlines Pekin–Poytaxt
KLM Amsterdam[54]
LOT Polish Airlines Varshava–Shopen[55]
Lufthansa Frankfurt[56] Munich[56]
Norwegian Air Shuttle NorvegiyaOslo
Nouvelair Mavsumiy charter: TunisJerba[57], TunisMonastir[57]
Pegasus Airlines Istanbul–Sabiha Goʻkchen
Qatar Airways Doha
Sky Express Mavsumiy charter: GretsiyaIraklion[58], GretsiyaRodos (2025-yil 16-iyundan boshlanadi)[59]
Sundor, Isroil bayrogʻi Isroil Tel-Aviv[60][61]
Swiss International Air Lines ShveysariyaSyurix[62]
TAROM, Ruminiya bayrogʻi Ruminiya RuminiyaBuxarest–Otopeni[63]
Transavia France Mavsumiy: FransiyaParij–Orli (2025-yil 3-iyuldan boshlanadi)[64]
Turkish Airlines Istanbul
Wizz Air Abu-Dabi, IspaniyaAlikante (2025-yil 3-iyundan boshlanadi)[65], IspaniyaBarselona, ShveysariyaBazel/Mulhouse, FransiyaBove, ItaliyaBergamo[66], GermaniyaBerlin[66], DaniyaKopengagen[66], GermaniyaDortmund, NiderlandiyaEyndxoven, GermaniyaFriedrichshafen (2025-yil 2-iyundan qayta tiklanadi)[65], ShvetsiyaGyoteborg, GermaniyaHamburg, GermaniyaKarlsruhe/Baden-Baden, Larnaka, PortugaliyaLissabon[66], AngliyaLondon–Luton, ShvetsiyaMalmö, MaltaMalta, GermaniyaMemmingen[67], FransiyaNitsa, Rim–Champino, ShvetsiyaStokgolm–Skavsta[68]
Mavsumiy: GretsiyaIraklion

Quyidagi aviakompaniyalar aeroportdan muntazam yuk reyslarini amalga oshiradi[69]:

Aviakompaniya Manzillar
Cargoair AvstriyaLinz[69]
DHL Aviation Leipzig/Halle, Milan–Malpensa[69]
Turkish Cargo Istanbul[69]
Yillar Yoʻlovchilar soni Oʻzgarishi, %da Yuk, t Oʻzgartishi, %da Uchish va qoʻnishlar soni Oʻzgarishi, %da
2002-yil 1 621 798 6.827 28.872
2003-yil 1 849 148 14 % 6.532 Decrease 4 % 32.484 13 %
2004-yil 2 045 282 11 % 8.946 37 % 36.416 12 %
2005-yil 2 032 357 Decrease 1 % 7.728 Decrease 14 % 37.614 3 %
2006-yil 2 222 445 9 % 8200 6 % 42.360 13 %
2007-yil 2 512 890 13 % 7.926 3 % 43.448 3 %
2008-yil 2 650 048 5 % 8.129 3 % 44.454 2 %
2009-yil 2 384 077 Decrease 10 % 6.690 Decrease 18 % 40.664 Decrease 8 %
2010-yil 2 698 730 13 % 7.427 11 % 44.160 9 %
2011-yil 3 124 633 16 % 8.025 8 % 44.923 2 %
2012-yil 3 363 919 8 % 7.253 Decrease 10 % 44.990 0 %
2013-yil 3,543,194 5 % 7.679 6 % 46.828 4 %
2014-yil 4 638 577 31 % 10.222 33 % 58.695 25 %
2015-yil 4 776 110 3 % 13.091 28 % 58.506 Decrease 0 %
2016-yil 4 924 992 3 % 13.939 7 % 58.633 0 %
2017-yil 5 343 420 8,5 % 19.758 41,7 % 58.859 0 %
2018-yil 5 641 105 6 % 20.065 2 % 67.460 3,8 %
2019[70] 6 159 000 9,2 % 70.365 4,3 %
Manba:[71]

Eng koʻp uchiladigan yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar Aeroport(lar) Haftalik reyslar soni (2018-yil yozi) Aviakompaniyalar
Tivat Tivat 42 Air Serbia, Montenegro Airlines
Podgoritsa Podgoritsa 35 Air Serbia, Montenegro Airlines
Vena Vena-Shvehat 32 Air Serbia, Austrian Airlines
Tsyurix Tsyurix 31 Air Serbia, Swiss International Air Lines
Istanbul Otaturk va Sabiha Gokchen 25 AtlasGlobal, Pegasus Airlines, Turkish Airlines
Moskva Sheremetyevo 24 Aeroflot, Air Serbia
Frankfurt-Mayn Fankfurt 21 Air Serbia, Lufthansa
Afina Elefteoris Venizelos 21 Aegean Airlines, Air Serbia
Parij Sharl de Goll va Bove 17 Air Serbia, Wizz Air
Myunxen Frans Iosif Shtraus va Memmingen 17 Lufthansa Regional, Wizzair
Buxarest Anri Koanda 16 Air Serbia, TAROM
Saloniki Makedoniya 14 Air Serbia
Rim Leonardo da Vinchi 14 Air Serbia, Alitalia
Skopye Skopye 13 Air Serbia
Amsterdam Schiphol 13 Air Serbia, Transavia
London Hitrou va Luton 12 Air Serbia, Wizz Air
Lyublyana Yoje Puchnik 12 Air Serbia
Zagreb Franʼo Tudjman 12 Air Serbia
Stokgolm Stokgolm-Arlanda va Stokgolm-Skavsta 11 Air Serbia, Norwegian Air Shuttle, Wizz Air
Abu Dabi Abu Dabi 10 Etihad Airways
Manba:[72]

Eng koʻp uchadigan aviakompaniyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻrni Aviakompaniya Yoʻlovchilar soni (2014-yil) % Oʻzgarishi, %da (2013-yilga nisbatan)
1 Air Serbia 2 647 923 50.6 68
2 Wizz Air 415.590 9.0 Decrease 10
3 Lufthansa 283.867 6.1 Decrease 6
4 Montenegro Airlines 258.841 5.6 2
5 Swiss International Air Lines 203.518 4.4 10
6 Boshqalar 1 128 754 24.3 20
Manba:[2]

Nikola Tesla aeroporti kelgan va ketayotgan yoʻlovchilar uchun faqat bitta yoʻlak bilan qurilgan. Natijada, nazorat punktlari markazda emas, balki chiqish joylarida oʻrnatilgan. Pasport nazorati ikkita kirishda va koridordan yagona chiqishda amalga oshiriladi. Yoʻlovchilar pasport nazoratidan majburiy ravishda oʻtadi. Yoʻlakka kiraverishda qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrildi, biroq 2013-yilda ular xavfsizlikni taʼminlash va yoʻlovchilarga xalaqit berish uchun yetarli emasligi sababli bekor qilindi[73]. 2007-yildan boshlab aeroport terminali oldida avtomashinalarni qoʻyish taqiqlangan: mashinalarni faqat toʻxtash joyiga qoʻyish mumkin. Xavfsizlik choralari Glazgo aeroportidagi teraktdan soʻng(ingl.) koʻrilgan[74].

Koʻngil ochish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda aeroportda Business Club – 30 kishiga moʻljallangan 250 m² dam olish maskani ochildi. Aeroportda, shuningdek, alohida roʻyxatga olish va hujjatlarni tekshirish punktlariga ega VIP zonasi mavjud boʻlib, u uchta xonadan iborat: dam olish xonasi, matbuot anjumani zali va prezidentlik xonasi (umumiy maydoni 500 m²). VIP maydoni VIP mehmonlar kelganda matbuot markazi sifatida ishlatiladi. Air Serbia Premium Lounge Air Serbia va Etihad Airways reyslarida biznes-klassda sayohat qiluvchi yoʻlovchilar uchun kuniga 24 soat ochiq.

Yer usti transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aeroportga kirish

Aeroportga eng yaqin ajralish orqali A3 avtomagistrali orqali borish mumkin. Ajralishning gʻarbiy tomonida aeroportga oʻtish punkti joylashgan, Belgrad yotoq hududiga va Belgrad aylanma yoʻliga toʻsiqlarsiz va oʻtkazish punktlarisiz kirish mumkin.

Avtobus yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoʻnalish Manzil Operator Chastotasi Safar davomiyligi
A1 qator Slaviya maydoni Xususiy tashuvchilar uyushmasi 20 daqiqa 30 daqiqa[75]
72-qator Zeleni Venats SHTK „Belgrad“ 24 daqiqa 30-40 daqiqa[75]
607-qator Novi Beograd / Surchin SHTK „Belgrad“ 105 daqiqa 25-30 daqiqa[75]

Aeroportdan shaharga yoʻlovchilarni olib boradigan taksilar mavjud.

  1. Belgrade Nikola Tesla Airport – About the Concession www.beg.aero (English and serbcha)
  2. 2,0 2,1 „VINCI Airports – Traffic as of December 31, 2024“.
  3. http://www.beg.aero
  4. EAD Basic
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Belgrade Nikola Tesla Airport. „History: International Belgrade Airport (1927)“. 2007-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-iyul.
  6. England to Africa at The Mercury, 21 September 1936
  7. 7,0 7,1 7,2 Nikolić, Jovan „Svi Beogradski aerodromi“ (sr). Glas javnosti (2007-yil 8-may). Qaraldi: 2007-yil 24-iyul.
  8. Belgrade Nikola Tesla Airport. „History: Belgrade Surcin (1962)“ (oʻlik havola — tarix ). Qaraldi: 2007-yil 4-aprel.[sayt ishlamaydi]
  9. B92. „Aerodrom menja ime u "Nikola Tesla"“ (sr) (2006-yil 2-fevral). 2007-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-aprel.
  10. „Rovčanin: Novi kontrolni tornjevi u Beogradu i Tivtu“ (sr). Tanjug (2014-yil 1-oktyabr).
  11. Prve ilustracije: Novi izgled „C“ hodnika aerodroma „Nikola Tesla“ – Tango Six
  12. „Pala odluka: Kome će "Nikola Tesla"“ (sr). b92.net (2018-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  13. Mondo WEB Portal. „Otvoren "Terminal 2" na aerodromu u Beogradu“ (sr) (2006-yil 14-may). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 14-may.
  14. PHOTOS: Belgrade Airport overhaul
  15. I.R. „Vrata za pet miliona putnika godišnje“ (sr) (deadlink). Danas (2006-yil 15-may). 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-aprel.
  16. Belgrade Airport completes terminal overhaul
  17. „Seasonal flights | Aerodrom Nikola Tesla Beograd“. beg.aero. Qaraldi: 2024-yil 20-dekabr.
  18. Liu, Jim „Aegean Airlines NS24 International Network Changes – 21JAN24“ (en-ca). Aeroroutes.com (2024-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 2-yanvar.
  19. „Serbia-Egypt air link“.
  20. 20,00 20,01 20,02 20,03 20,04 20,05 20,06 20,07 20,08 20,09 20,10 20,11 „JetBlue / Air Serbia Expands Codeshare Service from July 2024“.
  21. „ITA Airways / Air Serbia Expands Codeshare Network in NW23“.
  22. 22,00 22,01 22,02 22,03 22,04 22,05 22,06 22,07 22,08 22,09 22,10 22,11 22,12 22,13 22,14 22,15 22,16 22,17 22,18 22,19 22,20 22,21 „Air Serbia NS24 Frequency Variations – 25FEB24“.
  23. „Air Serbia NS23 Frequency Changes – 28FEB23“.
  24. 24,00 24,01 24,02 24,03 24,04 24,05 24,06 24,07 24,08 24,09 24,10 24,11 24,12 24,13 24,14 „Air Serbia NS24 Systemwide Flight Number Changes“.
  25. 25,0 25,1 25,2 „"JU launches Florence, Alghero and Mykonos"“.
  26. „Air Serbia to launch Gaungzhou service“. Business Traveller (2024-yil 17-iyun). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  27. „Air Serbia to launch Malaga service this winter“ (2022-yil 10-noyabr).
  28. „Air Serbia plans year-round Mostar flights“ (2024-yil 18-iyul).
  29. „Air Serbia NW23 Long-Haul Service Changes – 19JUL23“.
  30. „Air Serbia resumes Nice route“ (2024-yil 16-avgust).
  31. „Air Serbia / Qatar Airways Begins Codeshare Service from Feb 2023“.
  32. 32,0 32,1 32,2 32,3 „Air Serbia / Etihad Resumes Codeshare Partnership From Feb 2024“. Aeroroutes.
  33. „Air Serbia to launch Porto service“. Air Serbia (2023-yil 9-noyabr).
  34. 34,0 34,1 „Air Serbia resumes Russian destinations“ (2025-yil 31-yanvar).
  35. „Air Serbia / TAROM Expands Codeshare Network From Jan 2024“. Aeroroutes.
  36. „Air Serbia Schedules A330 Zurich Flights in April 2023“. Aeroroutes.
  37. „Air Serbia NW22 Service Expansions“.
  38. „Air Serbia schedules Shanghai launch“.
  39. „Air Serbia schedules Chicago launch“ (2022-yil 17-noyabr).
  40. „Air Serbia suspends four routes over winter“.
  41. 41,0 41,1 „Naples and Izmir seasonal“.
  42. „Air Europa Expands Air Serbia Codeshare Routes in NS22“.
  43. 43,0 43,1 43,2 43,3 43,4 43,5 43,6 43,7 43,8 „Air Serbia to grow charter traffic by 15%“ (2023-yil iyun).
  44. https://centreforaviation.com/news/air-serbia-to-launch-florence-and-kavala-services-in-2025-1294770
  45. „Air Serbia to run regular Marsa Alam charters“ (2024-yil 30-yanvar).
  46. „Air Serbia to run regular Mersa Matruh charters“ (2023-yil 12-may).
  47. Liu, Jim „AJet NS24 New Flight Number Designations – 12MAR24“ (en-ca). Aeroroutes.com (2024-yil 13-mart). Qaraldi: 2025-yil 2-fevral.
  48. „AnadoluJet to launch new Belgrade service“ (2023-yil 12-noyabr).
  49. „AnadoluJet pushes back new Belgrade service“ (2023-yil 6-fevral).
  50. „Arkia and Sun d'Or to fly TLV-BEG“ (2024-yil 11-iyun).
  51. „Austrian NW24 Europe Frequency Changes – 26MAY24“. Aeroroutes.
  52. „China Southern Airlines to launch Belgrade service“ (2024-yil 13-avgust).
  53. „Eurowings to launch new Belgrade service“ (2021-yil 10-dekabr).
  54. „KLM/SAS Begins Codeshare Service From Sep 2024“. Aeroroutes.
  55. Liu, Jim „LOT Polish Airlines NS23 Europe Frequency Adjustment – 27NOV22“ (en-CA). Aeroroutes.com (2022-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 29-dekabr.
  56. 56,0 56,1 Liu, Jim „Lufthansa NW24 Europe Frequency Changes – 27OCT24“ (en-ca). Aeroroutes.com (2024-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 1-fevral.
  57. 57,0 57,1 „Tunisia's Nouvelair further grows EX-YU operations“ (2024-yil 19-may).
  58. „SkyExpress plans Belgrade service“. www.exyuaviation.com (2024-yil 22-yanvar).
  59. „Sky Express to launch new Belgrade leisure service“.
  60. „Sun d'Or Adds Belgrade Service From July 2024“ (2024-yil 18-iyun).
  61. „Sun d'Or upgrades Belgrade service“ (2024-yil 24-iyun).
  62. „SWISS NW24 Europe Frequency Changes – 27OCT24“. Aeroroutes. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  63. „TAROM NW22 Frequency Adjustment – 02OCT22“. Aeroroutes.com. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  64. „Transavia Frans odlaže početak letova iz Pariza za Beograd“.
  65. 65,0 65,1 „Wizz Air to station fourth jet in Belgrade, launch two new routes“.
  66. 66,0 66,1 66,2 66,3 „Wizz Air to base fourth jet in Belgrade, launch five new routes“ (2022-yil 22-dekabr).
  67. „Wizz Air NW24 Network Additions – 14JUL24“.
  68. „Wizz Air increases BEG-NYO“ (2024-yil 23-may).
  69. 69,0 69,1 69,2 69,3 „Cargo Flights Timetable :: Belgrade Nikola Tesla Airport“. Beg.aero. 2017-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-may.
  70. „Belgrade Airport readies for transformation after record year“. Ex Yu Aviation. Qaraldi: 2020-yil 18-yanvar.
  71. „Traffic Figures Archive“ (deadlink). Nikola Tesla Airport Official Website. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-may.
  72. „Airport Nikola Tesla Seasonal Timetable“. 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  73. „Samo jedna kontrola na aerodromu“ [Only one control on the Airport]. RTS (2013-yil 20-may).
  74. Mondo WEB Portal. „Zabranjen saobraćaj ispred zgrade aerodroma“ (sr) (2007-yil 14-avgust). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 8-avgust.
  75. 75,0 75,1 75,2 Belgrade Nikola Tesla Airport. „Official website“ (deadlink). 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-fevral.