Saloniki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Saloniki
Saloniki Fessaloniki Θεσσαλονίκηning bayrogʻi
Flag
[[File:{{{image_map}}}|250px|Location of {{{official_name}}}]]
40°38′0″N 22°57′0″E / 40.63333°N 22.95000°E / 40.63333; 22.95000Koordinatalari: 40°38′0″N 22°57′0″E / 40.63333°N 22.95000°E / 40.63333; 22.95000
Hukumat
 • mer Yannis Butaris
Vaqt mintaqasi UTC
Xaritani koʻrsatish/yashirish
[[File:|290px|Saloniki на карте]]
Red pog.png

Saloniki, Fessaloniki (grekcha: Θεσσαλονίκη) — Yunonistondagi shahar, Egey dengizining Termaikos qoʻltigʻi sohilidagi yirik port (yiliga 10 mln. t yuk ortibtushiriladi), Bolqon yarim orol davlatlari uchun tranzit port. Saloniki nomi (viloyat)ning maʼmuriy markazi. Aholisi 378 ming kishi, shahar atrofi bilan 749 ming . Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatda Afina shahridan keyin 2oʻrinda. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, metallsozlik, mashinasozlik (xususan, kemasozlik va kema taʼmirlash), toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari mavjud. S.da har yili kuzda xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. universitet, arxeologiya muzeyi bor.

S.ga mil. av. 315 yilda Makedoniya shohi Kassandr tomonidan asos solingan.

Mil. av. 148 yilda rimliklar qoʻl ostiga oʻtdi. Vizantiya davrida ahamiyati boʻyicha Konstantinopoldan keyin 2oʻrinda turgan. 1430 yildan Usmonli turklar saltanati tasarrufiga oʻtgan, 1912—13 yillardagi Bolqon urushidan keyin Yunoniston tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan qad. Rim saroy ansambllari, qalʼa devorlari va minoralar, qasr (14-asr), cherkov (4-asr) saqlangan.[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Thessaloniki and the Bulgarians.History. Memory. Present. https://www.solunbg.org/en/