Nikola Tesla
Nikola Tesla (serbcha: Никола Те́сла, inglizcha: Nikola Tesla, 10-iyul 1856 — 7-yanvar 1943) serb-amerikalik ixtirochi, mexanik va elektr muhandis boʻlgan. U kunimizda keng tarqalgan oʻzgaruvchan tokli elektr tizimiga asos solgan. Michael Faraday nazariyalariga tayanib, Tesla elektromagnetizmda inqilobiy kashfiyotlar ochdi. U shuningdek simsiz aloqa va radioga asos soldi.
TESLA (Tesla) Nikola (1856—1943) — elektrotexnika va radiotexnika sohalaridagi serb olimi. 1884-yildan boshlab AQSHda ilmiy ishlarini olib borgan. Aylanuvchi magnit maydoni hodisasini bayon qilgan (1888). Koʻp fazali elektr mashinalarni va koʻp fazali toklarning tarqalish sxemasini ishlab chiqqan. Yuqori chastotali tok texnikasi (generatorlari, transformatorlari, 1891 va boshqalar) yaratuvchisi. Signallar va energiyani Simsiz uzatish mumkinligini tadqiq qilgan.
Avstriya Imperiyasining (hozirda Xorvatiya) Xorvatiya Harbiy Chegarasidagi Smiljan qishlogʻida[1] (hozirda Gospić) etnik serblar oilasida Avstriya Imperiyasi fuqarosi oʻlaroq tugʻilgan Tesla keyinchalik Amerika fuqaroligini qabul qildi.[2] 1894-yili radio orqali qisqa masofali simsiz aloqani havola etgani[3] va "Toklar Urushi" gʻolibi boʻlgani uchun u Amerikada ishlagan elektrmuhandislardan eng buyugi sifatida hurmat qozondi.[4] U elektrmuhandislik kashshoflaridan biri boʻlib, uning kashfiyotlari katta ahamiyatga molikdir. Oʻsha paytda Amerikada Tesla eng mashhur olim, deb sanalardi.[5] Tesla 1891-yili elektr qurilmalarni quvvatlash uchun simsiz energiya uzatishni namoyish etdi,[6] qitʼalararo energiya uzatish maqsadida Wardenclyffe Minorasi loyihasini boshladi.
Tesla umrining oxirida odamovi boʻlishni boshladi; New York City mehmonxonasidagi xonasida yakka oʻzi yashab, gohida matbuot uchun gʻayrioddiy iddaolar qilish uchun xalq oldiga chiqardi.[7][8] Shu taʼkidlari va ishlarining sirli tabiati tufayli Tesla ommaviy madaniyatda arxetipik "aqldan ozgan olim" sifatida koʻrila boshladi.[9][10] U kambagʻallikda vafot etdi.[11]
Magnit maydonini oʻlchaydigan B (magnit induksiyasi) SI birligi 1960-yilgi Parijdagi Vaznlar va Oʻlchovlar Umumiy Konferensiyada uning sharafiga Tesla deb nomlandi.
Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Bock-Luna 2007, 53-bet
- ↑ „Electrical pioneer Tesla honoured“, BBC News (10-iyul 2006). Qaraldi: 15-avgust 2009.
- ↑ „Nikola Tesla“ . In 1894, Tesla erects his first small radio station in his laboratory and begins his experiments in radio technology.. MIT. 3-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-mart 2012-yil. Arxivlandi 2013-09-03 Wayback Machine saytida.
- ↑ „Nikola Tesla – electrical engineer and inventor“ . Serbian Unity Congress. 19-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2009-yil.
- ↑ Valone, Thomas Harnessing the Wheelwork of Nature: Tesla's Science of Energy. Adventures Unlimited Press, 2002. — s. 102. ISBN 1931882045. 21-noyabr 2010-yilda qaraldi.
- ↑ „Tesla- Master of Lightning“ . Such a device[Tesla coil] first appeared in Tesla's US patent No. 454,622 (1891), for use in new, more efficient lighting systems. PBS.
- ↑ Donald Clarke, Mark Dartford, The New illustrated science and invention encyclopedia: how it works: Volume 24, 1994, page 3332
- ↑ Emily J. McMurray, Jane Kelly Kosek, Roger M. Valade, Notable Twentieth-century Scientists: S-Z, Gale Research, 1995, page 2000
- ↑ A. Bowdoin Van Riper, A. Van, A Biographical Encyclopedia of Scientists and Inventors in American Film and TV since 1930, page 130
- ↑ Tyler Hamilton, Mad Like Tesla: Underdog Inventors and Their Relentless Pursuit of Clean Energy, page 14
- ↑ Michaels, Daniel. „Long-Dead Inventor Nikola Tesla Is Electrifying Hip Techies“, Decades after he died penniless, Nikola Tesla is elbowing aside his old adversary Thomas Edison in the pantheon of geek gods., Wall Street Journal (14-yanvar 2010-yil).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Nikola Tesla muzeyi Arxivlandi 2011-07-20 Wayback Machine saytida.
![]() |
Wikimedia Commonsda Nikola Tesla mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |