Muhammad mahram majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM MAJMUASI — Xivaning Dishan qalʼa qismidagi meʼmoriy yodgorlik (1903). Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning yaqin mulozimlaridan boʻlgan Mamat Mahram tomonidan qurilgan. Madrasa, guzar masjidi, minora va boshqa qoʻshimcha xonalardan iborat. Majmua (21,0 x39,0 m) bosh tarzi (eni 27,0 m) jan.ga qaragan, bir qavatli, gʻishtin ravoqli. Peshtoq hamda 2 gumbazli miyonsaroy orqali hovliga kiriladi. Miyonsaroyning sharqida yarmi ochiq 2 ustunli ayvon bilan bogʻlangan 2 uzun jamoatxona, jan.da masjid, minora hamda koʻndalangiga turli hajmdagi tor hujralar va boshqa qoʻshimcha xonalar joylashgan. Minora bal. — 9 m, diametri — 4,2 m, gʻishtdan belbogʻlar hosil qilib bezatilgan. Qafasasi kichik darchali, tepasi murqarnas va qubba bilan yakunlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil