Mugʻlon
Mugʻlon | |
---|---|
shahar | |
38°57′33″N 65°25′41″E / 38.95917°N 65.42806°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Kasbi tumani |
Aholisi | 23 200 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Mugʻlon — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan shaharcha.
Shuningdek Mugʻlon Kasbi tumaning markazi hamdir. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shahrcha maqomi berilgan.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tilshunos D.Abdurahmonovning izlanishlariga koʻra, mugʻlon yoki moʻgʻlon etnonimidan Muglon qishlogʻining nomi yuzaga kelgan. Tarixshunos olimlar qadimda moʻgʻul, mugʻol, mogʻol, mugʻul etnonimi boʻlganligini aniqlashgan. Lekin ayni mugʻlon yoki moʻgʻlon shaklidagi etnonim mavjud ekanligi haqida dalillar mavjud emas. Sart moʻgʻal, cherikchi moʻgʻul, ali moʻgal, yakka mugal, hafiz moʻgal, qora moʻgʻal singari urugʻ va qabillari, ularning tarmoqlari avvaldan mavjud. Bu urugʻ vakillari Oʻzbekiston, Tojikiston hamda Afgʻon Badaxshonida istiqomat qilishgan. Etnolog tarixchilarning izlanishlariga koʻra, moʻgʻol, moʻgil, mogal urugʻlari bu moʻgʻulistonlik turkiy qabilalar hisoblanadi. Mugal soʻziga -on koʻplik qoʻshimchasining qoʻshilishi natijasida hudud nomi hozil boʻlgan va u moʻgʻullar degan maʼnoni bildiradi. V. P. Yudin, B. X. Karmishevalarning yozishicha mugʻollar bu qadimgi turkiy qabilalardan biri hisoblanadi. Lekin bu qabila Mogʻuliston (hozirgi Mangoliya)dagi moʻgʻul xalqiga aloqasi yoʻq
Shunday qilib, Mugʻlon bu qadimiy turkiy moʻgʻul qabilasi jamoasi joylashgan qishloq, hudud nomi hisoblanadi[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mugʻlon shaharchasiga eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (20 km) shahrida joylashgan. Mugʻlondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha boʻlgan masofa 45 km ni tashkil etadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharch aholisi 7 ming kishini tashkil etgan (2003-yil). Shaharchada oʻzbeklar, qozoqlar, qoraqalpoq va tojiklar koʻp yillardan buyon yashab kelmoqda.
Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, Mugʻlon shaharchasida 2013-yil 1-yanvarda 6465 nafar, 2016-yilda esa 6.6 ming nafar aholi istiqomat qilgan[2].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharchaning iqlimi keskin kontinental.
Suv taʼminoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mugʻlon shaharchasi Obihayot va Kasbi kanallaridan suv oladi.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha hududida maʼmuriy idoralar, aloqa boʻlimi, avtostansiya, Oʻzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, litsey-internat, madaniyat saroyi, stadion, markaziy kasalxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliya olib boradi. Mugʻlon— Qarshi, Mugʻlon—Koson yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 173-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 151-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |