Qoradaryo (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QoradaryoSamarqand viloyatidagi daryo. Zarafshon daryosining chap tarmogʻi. Uz. 111 km. Zarafshon daryosi Samarqanddan 7 km quyida (Choʻponota tepaligi yonida) ikkiga — Oqdaryo (oʻng) va Q. (chap) ga ajraladi, Yangirabot shaharchasi yaqinida yana birlashadi. Zarafshonning Oqdaryo va Q.ga ajralish joyida Samarqand gidrotuguni qurilgan (1974). zarafshon daryosi suvining koʻp qismi Q.ga oqiziladi. q. suvidan Kattaqoʻrgʻon suv omborini toʻldirish uchun foydalaniladi. Qdan bir necha kanallar suv oladi. Bu kanallar orqali Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Paxtachi, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlarining yerlari suv bilan taʼminlanadi.