Miyon Hazrat madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Miyon Hazrat (Ahad) madrasasi
Sohibzoda Hazrat madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Qoʻqon
Manzil Qaymoqli guzar MFY
Muqimiy koʻchasi, 77-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Fargʻona viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Miyon Ahad
Homiylar Miyon Ahad
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Muqimiy hujra-muzeyi
(Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasi filliali)
Qurilish materiali Pishiq g'isht


Miyon Hazrat (Ahad) madrasasi (Sohibzoda Hazrat madrasasi) – Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik. Madrasa 1827-1860-yillarda oʻzbek Minlar sulolasi davrida xalq orasida Sohibzoda Hazratning hurmatli nomini olgan atoqli olim va davlat arbobi Miyon Fazliy Ahadning iltimosiga binoan barpo etilgan. Miyon Ahad asli Peshovar (Pokiston)lik boʻlib, evarasi Abdurahmonning hikoya qilishicha, u Abdusamadboy degan savdogar bilan tanishib, oʻz oilasi bilan 1825-yilda Qoʻqonga koʻchib kelgan. Ahad oʻzining oʻtkir zehni, diniy bilimlarga boyligi bilan mahalliy aholi oʻrtasida katta eʼtibor qozongan hamda xon huzurida maslahatchi darajasiga koʻtarilgan. U Pokistondan olgan meros mulkiga shu madrasani qurdirgan.

Madrasa tarhiga koʻra, murakkab, 3 hovlili; 2 hovli sharq-gʻarb oʻqi boʻylab, 3-hovli esa jan.dan yondashgan. Hovlilarning har biri taʼlimning turli darajalari uchun moʻljallangan: birinchisi adno, oʻrtasi avsat, eng balandi alo edi. Madrasaga kiriladigan asosiy yoʻl jan. hovlining gʻarbidan peshtoq gumbazli darvozaxona orqali kiriladi. Yogʻochdan ishlangan darvozani mahalliy usta Iskandarxoʻja oʻyma naqshlar bilan bezagan. Jan. hovli (32x26) atrofida xujralar joylashgan, uning jan. tomonidagi masjid koʻp ustunli, tarhi toʻgʻri toʻrtburchak, tekis tomli. Madrasa hovlisining jan.sharqida uncha katta boʻlmagan minora saqlangan. Sharqiy hovli (35x20 m) va gʻarbiy qovli (23 x 11 m) atrofida ham hujralar joylashgan. Sharqida ayvon (saqlanmagan), gʻarbida esa darexona bor. Madrasa tomlari kulohiy, qubbali va toʻsinli usullarda qoplangan. Tashqarisi sirkor pishiq gʻishtdan ishlangan, ichi esa ganch qorishmasida suvalgan. Uning bunday hovlilar tizimiga ajratilishi oʻqitiladigan fanlarning guruxlantirilishi bilan bogʻliq deb taxminan qilinadi. Madrasada diniy bilimlardan tashqari boshqa fanlar qam oʻqitilgan. Jami madrasa 24 hujradan iborat edi. Muqimiy ham shu madrasada taʼlim olgan.

Hozirgi kunda bu madrasada Muqimiy hujra-muzeyi faoliyat yuritadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Azimov I., Fargʻona vodiysining arxitektura yodgorliklari, T., 1986.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]