Mis — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
4 557 bytes added ,  7 yil oldin
Maqolaga matn qoʻshildi
k (Bot: Migrating 146 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q753 (translate me))
(Maqolaga matn qoʻshildi)
{{kimyoviy unsur|Mis / Cuprum (Cu)<!-- Symbol-->|29<!-- Atomic Number-->|Qizgʻish yumshoq [[metall]]<!-- Appearance-->|63,546<!-- Atomic Weight (u.m)-->|128<!-- Atomic Radius (pm)-->|745,0 (7.72)<!-- First Ionizing Energy (kJ/mol)-->|[Ar] 3d<sup>10</sup> 4s<sup>1</sup><!-- Electronic Configuration-->|117<!-- Covalent Radius (pm)-->|(+2e) 72 (+1e) 96<!-- Ionic Radius (pm)-->|1,90<!-- Pauling Negativity Number-->|0<!--Electrode potential30-->|2, 1<!-- Oxidation states-->|8,96<!-- Density (g/cm<sup>3</sup>) -->|0,385<!-- Specific Heat (@20°C J/g mol)-->|401<!-- Termal Conductivity (@25°C W/m K)-->|1&nbsp;356,6<!-- Melting Point (K)-->|13,01<!-- Fusion Heat (kJ/mol)-->|2&nbsp;840<!-- Boiling Point (K)-->|304,6<!-- Evaporation Heat (kJ/mol)-->|7,1<!-- Atomic Volume (cm<sup>3</sup>/mol)-->|kubik markazlashgan<!-- Lattice structure-->|3,610<!-- Lattice constant (Å)-->|n/a<!-- Lattice c/a ratio-->|315,00<!-- Debye temperature (K)-->}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mis''' (lot. Cuprum — Kipr o. nomidan olingan), Si — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 29,at. m. 63,546. Tabiiy M. ikkita barkaror izotop 63Si(69,1%) va 65Si(30,9%)dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplardan 61Cu, MCu muhim.
 
M. — qadimdan maʼlum metallardan. Qadimda M. rudasini Kipr o.dan kazib olingan, shuning uchun uni o.ning nomi bilan Cuprum deb atalgan. M. tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Yer pustining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. M. tarkibida baʼzan temir, kumush, kamdankam oltin boʻladi. M.ning koʻp sonli minerallari (250 dan ortiq) orasida xalkopirit CuFeS2, xalkozin Cu2S, kovellin CuS, bornit Cu5FeS4, malaxit CuCO,Cu(OH)2, kuprit Si2O, xriza-kolla CuSiO32H2O va b. ahamiyatlidir.
 
M. yumshoq, chuziluvchan, bolgʻalanuvchan kizgʻish metall. Zichligi 8,96 g/m3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 1083°, qaynash t-rasi 2567°, Moos boʻyicha qattikligi 3,0. M. issiklik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. M. kimyoviy jihatdan unchalik faol emas. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil bulgani uchun koʻkaradi. M. birikmalarida +1 va +2 valentli boʻladi. M. havoda qizdirilsa, avval mis (1)-oksid Si2O (377° gacha), soʻngra qora M. — mis (P)-oksid SiO (377° dan yuqorida) hosil boʻladi. M. galogenlar bilan oson birikadi. Nam xlor odatdagi t-radayoq M.ga taʼsir etib, suvda eriydigan mis (N)-xlorid xrsil qiladi (yana q. [[Mis galogenidlari]]). Azot, vodorod, uglerod bilan yuqori t-rada ham reaksiyaga kirishmaydi. Nitrat kislotada erib, mis (P)nitrat va azot oksidi, konsentrlangan issiq sulfat kislota bilan birikib, mis (P)sulfat va sulfid angidrid beradi. M.ning tuzlari zaharli. M. koʻpgina metallar bilan krtishmalar hosil qiladi. Bir va ikki valentli M. juda koʻp barqaror kompleks birikmalar vujudga keltiradi.
 
M., asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. M. elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar i.ch.da, badiiy buyumlar tayyorlashda, krtishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sunʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga karshi, teri (kun) sanoatida, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.
 
Mis birikmalari — mis 1 va 2 valentli barqaror birikmalar; baʼzan 3 valentli beqaror birikmalar ham hosil qiladi.
 
Mis (1)-xlorid, CuCl — rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 430°, qaynash t-rasi 1490°, zichligi 4,14 g/sm3. Suvda va spirtda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazlarni yutuvchi, katalizator, antioksidant sifatida qoʻllanadi.
 
Mis (P)-xlorid, SiS12 — toʻq jigarrang kristall modda. Suyuklanish t-rasi 596°, zichligi 3,386 g/sm3. 993° da CuCl va xlorga ajraladi. Suvli eritmalaridan 2, 3, 4 molekula suvli kri-stallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. CuCI22H2O (ernoxalsit minerali) — rombik panjarali kristall modda. Zichligi 2,54 g/sm3. Metallarni mislashda, katalizator sifatida, matolarni boʻyashda qoʻllanadi. Tabiatda misning oltingugurtli birikmalari kovellin CuS, xalkozin Cu2S, anilit Cu7S4> xalkopirit CuFeS2, bornit Cu5FeS4 va b. minerallar koʻrinishida uchraydi. Mis i.ch.da, boʻyoqlar uchun pigment, yarimoʻtkazgich qotishmalar komponenti sifatida qoʻllanadi.
 
Mis (P)gidroksid, Si(ON)2 — havorang amorf yoki kristall modda. Zichligi 3,686 g/sm3, suvda erimaydi, 70—90° da SiO va suvga ajraladi. Kislotalar bilan tegishli Si (II) tuzlari, ishkrrlarning suvdagi eritmalari bilan yorqin havorang beqaror kupratlar MP2[Cu0H4|, ammiakning suvdagi eritmasi bilan toʻq havorang ammiakat [Cu(NH)3]4 (shveysar reaktivi), vodorod sulfid bilan CuS va suv hosil qiladi. Mis karobonatlari tabiatda toʻq yashil kristall malaxit minerali CuCO3Cu(OH)2 va havorang kristall— azurit minerali 2CuCO3Cu(OH)2 koʻrinishida uchraydi. Mis i.ch. da, boʻyoqlar tayyorlashda (mas, "malaxit yashili"), qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Sariq rangli kristall holdagi mis (1)karbonat Si2SO3 ning mavjudligi haqida ham maʼlumotlar bor.
 
Mis (P)nitrat, Cu(NO3)2havorang gifoskopik kristall modda. Suvda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan 3, 6, va 9 molekula suvli kristallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. 1,5 va 2,5 molekula suvli kristallogidratlari ham maʼlum. Mis i.ch.da, misli katalizator va fungitsit sifatida, matolarni boʻyashda ishlatiladi.
 
Omonulla Xoʻjayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Tasvir: Cuivre Michigan.jpg|thumb|280px|alt=||<center>Mis</center>|left]]
 
 
{{Link FA|es}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
187 762

ta tahrir

Navigatsiya