Koʻk gumbaz masjidi (meʼmoriy yodgorlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻk gumbaz masjidi - Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Ulugʻbek Mirzo otasi Shoxrux Mirzo nomidan qurdirgan (143435). Peshtoq ravogʻida ularning nomlari va qurilish vaqti bitilgan tarixiy yozuvlar saqlangan. K.g .m. Dor ut-tilovat ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid. Koʻk koshin bilan qoplangan gumbazi (nomi ham shundan), peshtoqining oʻng va chap tomonidagi ustunlari, boloxonasi boʻzilib ketgan. Binoga sharqdan peshtoq (ravogʻining kengligi 10 m) orqali kiriladi. Peshtogʻida serjilo handasiy bezaklar koʻp ishlatilgan. Ustunlarida, asosiy ravoq va qanoslarida guldor sopollardan foydalanilgan. Xonaqoh (12,7x12,7 m) tashqi poygumbazida sirkor moviy, koʻk va oq rangli bezaklar orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan. Ichki qismidagi 8 ta mayda ravoqchalar romb shaklidagi qalqonsimon bagʻallar bilan oʻzaro birlashtirilgan va ravoq shaklidagi 16 tayanchiqqa tayantirilgan. Gʻishtin devor burchaklarida 4 ta aylanma zina orqali ayvon tomiga chiqilgan. Ayvonning yon taxmonlariga keng ravoq orqali oʻtilgan. Hozir ular berkitib qoʻyilgan. K.g .m. 1970 yillarda hamda Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan (1995— 96) qayta taʼmirlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil